Kobul (dariycha: کابل) — Afgʻonistonning poytaxti. Kobul viloyatining maʼmuriy markazi. Kobul daryosi vodiysida, oʻrtacha 1820 m balandlikda, Asmon va Sherdarvoza togʻlari orasidagi vohada joylashgan. Iqlimi subtropik kontinental iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi G, iyulniki 26°, yiliga 317 mm yogʻin tushadi. Aholisi 750 ming kishi (2000). Ptolemey asarlarida K. Kobur shaklida uchraydi. Yunon-Baqtriya podsholigi, Kushon podsholigi, keyinchalik Eftaliylar davlati tarkibida boʻlgan. Eftaliylar davlati tanazzulga uchragach (6-asr), K.ni buddizm dinidagi mahalliy hokimlar (Kobul shoxlari) idora qilgan. 7-asrda arablar, 9-asrda safforiylar bosib olgan. K. Somoniylar, Gʻaznaviylar, Temuriylar davlatlari tarkibiga kirgan. Shahar 1221 yilda Chingizxon qoʻshinlari tomonidan vayron qilindi. 1504 yil Bobur K.ni oʻzi asos solgan davlatning poytaxtiga aylantirdi. 1738 yil Eron shohi Nodirshoh Afshar egalladi. K. 1747 yil Durroniylar davlati tarkibiga qoʻshib olindi. Temurshoh Durroniy davrida (177393) K. poytaxtga aylantirildi. Durroniylar davlati tugatilgach (1818), K. Kobul amirligining markazi boʻlib qoldi. 1825 yilda amir Doʻstmuhammad afgʻon yerlarini bir butun qilib birlashtirishga harakat qildi, bu esa keyinchalik Afgʻoniston davlatini vujudga kelishida muhim rol oʻynadi. Birinchi (1838-42) va ikkinchi (1878-80) Angliya-Afgʻoniston urushlari davrida shaharning koʻp qismi buzildi. Sobiq shoʻrolar qoʻshinining 1979 yil dekabrda Afgʻonistonga tajovoʻz korona bostirib kirishi va 1992 yilda boshlangan ichki fuqarolar urushi davrida K. jiddiy zarar koʻrdi. Shaharni 19962002 yillarda mutaassib "Tolibon" ichki muxolifat kuchlari egallab turdi. Ulardan ozod qilish uchun olib borilgan aksilterror harbiy harakatlar tufayli K.da yana vayronagarchiliklar boʻldi.

K. — mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Avtomobil yoʻllari tuguni. Bagrom harbiy aerodromi, xalqaro aeroport bor. Avtomobil yoʻllari orqali Pokiston, Hindiston, Eron, Oʻzbekiston va boshqa davlatlar bilan bogʻlangan. Afgʻonistonning eksport va import mollarining asosiy qismi K. orqali oʻtadi. K. va uning atrofida toʻqimachilik (ip gazlama kombinati, jun va ipak gazlamalar, trikotaj f-kalari), oziq-ovqat, harbiy, yogʻochsozlik, mashinalarni taʼmirlash va metall buyumlar tayyorlash korxonalari, gugurt, koʻn poyabzal, gilam toʻqish fabrikalari, lak-boʻyoq, chinni, qurilish materiallari zavodlari, issiqlik elektr stansiyasi, shahar yaqinida GES bor. Mayda hunarmandchilik korxonasi koʻp. K. — qorakoʻl teri bilan savdo qilinadigan markaz.

K.da Fanlar akademiyasi, Tarix jamiyati, bir necha oliy oʻquv yurti, jumladan, universitet, bosmaxona, teatr, Kobul tarix-etnografiya muzeyi, jamoat kutubxonasi ishlab turibdi. K. ikki qismdan iborat: eski shahar va yangi shahar. Yangi shahar qismida koʻplab zamonaviy binolar qurilgan. Shaharning koʻhna qismi Kobul daryosining janubiy sohilida. Meʼmoriy yodgorliklaridan Bolo-Hisor qalʼasi, Bogʻi Bobur, Temurshoh maqbarasi, Chihil Sutun bogʻi va saroyi, Muhammad Nodirshoh maqbarasi (20-asr) va boshqa saqlangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




{} {{Afgʻon hamda Tol,ibon.Ya°ni Tolibon xalqi Ovuvchidur. hamda Uziga keragani oluvchidiR...! $##