"Léon" ("Professional", "Leon-killer") — fransuz rejissori Luc Bessonning filmi. 1994-yili Bessonning oʻz ssenariysi boʻyicha suratga olingan. Filmda bosh rollarni Jean Reno, Natalie Portman, Gary Oldman va Danny Aiello ijro etishadi.

Léon
Rejissyor(lar) Luc Besson
Prodyuser(lar) Patrice Ledoux
Ssenariynavis(lar) Luc Besson
Rollarda Jean Reno
Natalie Portman
Gary Oldman
Danny Aiello
Bastakor(lar) Éric Serra
Saundtrek: Sting
Kinematografiya Thierry Arbogast
Muharrir(lar) Sylvie Landra
Distribyutor Columbia Pictures
Gaumont
Chiqarilgan sanasi 14-sentabr, 1994-yil
Davomiyligi 133 min.
Mamlakat Fransiya bayrogʻi Fransiya
Til inglizcha
Byudjeti $16 million

Mazmuni tahrir

Diqqat! Quyida sujet burilishlari yoki hatto oxiri ham keltirilishi mumkin.

Leon, sovuqqon yollanma qotil, oilasi korrupsiyalangan polisiyachilar qoʻlidan halok boʻlgan qiz — oʻn ikki yoshlik Matildaning hayotini qutqaradi. Leon qizni oʻz gʻamxoʻrligi ostiga olishga majbur boʻladi. Matilda toʻrt yoshli ukasining oʻlimi uchun qasd olish maqsadida, Leonni unga professional qotillikni oʻrgatishga koʻndiradi. Oʻquv uchun "toʻlov" sifatida Matilda unga uy roʻzgʻorini yuritishga yordam beradi va Leonning oʻzini odamiyroq boʻlishga oʻrgatadi.