Lyubek — Germaniyaning shimolidagi shahar, Shlezvig-Golshteyn yerida. Trave daryosining Boltiq dengizining Lyubek buxtasiga quyilishi yaqinida joylashgan. Lübeck va avtomobil yoʻllari tuguni, yirik port. L. bilan Trelleberg (Shvetsiya), Xanko (Finlandiya) shaharlari orasida parom qatnaydi. Aholisi 214 ming kishi (1998). Asosiy sanoat tarmoqlari: qora metallurgiya va mashinasozlik (xususan, kemasozlik, aviasozlik, traktorsozlik). Kimyo-farmatsevtika, yogʻochsozlik, oziqovqat (baliq konservalash, un tortish) sanoatlari ham rivojlangan. Konservatoriya, sanʼat va madaniyat tari-xi muzeyi bor. Meʼmoriy yodgorliklardan kafedrali sobor (12—14-asrlar), cherkov, ratusha, Burgtor va Xolstentor shahar darvozalari, San-Anna ibodatxonasi saqlangan. Shaharga 1143-yilda asos solingan. 1226-yildan imperiyaning erkin shahri, Ganzayanng bosh shahri; 1815—1937-yillarda yana erkin shahar boʻlgan.[1]
Lübeck Germaniyaning Schleswig-Holstein yerida joylashgan aholi punktidir. Maydoni — 214,14 km2. 210 232 nafar aholi istiqomat qiladi (2010).
Geografiyasi
tahrir
Lübeckning hududi 214,21[2] km2dir. Dengiz sathidan oʻrtacha 13 m balandlikda joylashgan.
Demografiyasi
tahrir
1350-yildan 2022-yilgacha boʻlgan aholi soni statistikasi
|
---|
|