La-PasBoliviyadagi shahar, mamlakatning amaldagi poytaxti. LaPas departamentining maʼmuriy markazi. Markaziy And togʻlarida, 3700 m ba-landlikda, La-Pas daryosi vodiysida joylashgan. Aholisi 758,1 ming kishi (1998). Muhim transport yoʻllari tuguni. Xalqaro aeroporti bor. Boliviyaning asosiy iqtisodiy, madaniy, ilmiy va savdo-moliya markazi (mamlakat ishlab beruvchi sanoat mahsulotining 3/4 kismi). Toʻqimachilik, oziq-ovqat, charmpoyabzal, mebel, sement va boshqa sanoat korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan (kumush, oltin, keramikadan turli buyumlar tayyorlanadi). Boliviya hukumati va prezidenti qarorgohi. Universitet, FA, Milliy muzey, teatrlar, rasadxona, geofizika instituti, kutubxona bor. 18-asrga oid saroy va qasrlar saqlangan. Shaharga 1548-yil ispanlar tomonidan asos solingan.[1]

La-Pas
16°29′45″S 68°8′0″W / 16.49583°S 68.13333°W / -16.49583; -68.13333 G OKoordinatalari: 16°29′45″S 68°8′0″W / 16.49583°S 68.13333°W / -16.49583; -68.13333 G O
[[File:|290px|La-Pas xaritada]]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil