Lakonizm (yun. lakonismos — qisqalik) — fikrni bayon qilishdagi qisqalik va aniqlik. L. adabiy ifoda vositasi sifatida asarda ortiqcha tafsilotlarga berilmaslikni, mezonni bilish va vazminlikni anglatadi. Tildagi L. uchun oz soʻz bilan koʻp maʼno bayon etish muhim sanaladi. Hikmatli soʻzlar, topishmoq, maqol, iboralar, shiorlar L. namunalaridir. Yozuvchi va shoirlar (mas, Abdulla Qodiriy, Ab-dulla Qaxdor va boshqalar) oʻz asarlarida L.dan ustalik bilan foydalanganlar.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil