Lao-szi (xitoycha, aynan — keksa ustoz) (miloddan avvalgi 604, Chu podshoxligi, Xenan viloyati — Xitoydan tashqarida juda keksayib vafot etgan) — xitoy faylasufi Li Erning faxriy nomi. U daosizmga asos solgan. Konfutsiy bilan bir qatorda turadigan buyuk xitoy mutafakkiri hisoblanib, uni yoʻl va yaxshi fazilatlar haqidagi qad. xitoy risolasi — "Lao-szi" ("Dao de szin") muallifi deb biladilar. Bu kitob qad. xitoy asarlariga Karaganda eng koʻp chet tillarga tarjima qilingan. Unda L.-S. Eaoni inson his-tuygʻulari bilan bilib boʻlmaydigan hamma narsaning asosi deb hisoblaydi. L.-S. taʼlimotida tabiatdagi barcha narsalar oʻzgarib turadi, lekin muayyan bosqichga erishgach, oʻzining aksiga qaytadi. Binobarin, kishilar xatti-harakat, intilish, kurashlardan voz kechishlari, ortiqcha sarf-xarajat, hashamatga yoʻl qoʻymasliklari, yashash tarzini esa oddiylik, soflik belgilashi lozim.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil