Lapilla (italyancha: lapilla от lotincha: lapillus — toshchalar)  — mayda yumaloq yoki notoʻgʻri shaklli lava boʻlaklari. Vulkan otilgan vaqtda vulkan bombalari va kuli bilan birga chiqadi. Oʻlchami noʻxat kattaligidan yongʻoq kattaligigacha boʻladi. Otilayotgan lavaning havoda qotgan mayda boʻlaklaridan yoki avvalgi vulkan jinslaridan iborat. Lapillaning katta massalari vulkanning qiya yon bagʻrida tekis baxmalsimon yuza hosil qiladi.[1]

Lapilla

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil