Lassana Diarra (fransuzcha: Lassana Diarra; 10-mart 1985, Parij) — fransiyalik futbolchi, Fransiya terma jamoasi va Maxachqal’aning „Anji“ jamoasi yarim himoyachisi.
Lassana asosan tayanch yarimhimoyachi chizigʻida harakat qiladi, lekin u oldinlari Chelsi safida va hozirgi milliy terma jamoadagi oʻyinlarida hujum chizigʻiga yaqin holda yoki oʻng qanot himoyachisi chizigʻida ham oynay oladi. U Ispaniyada „Lass“ nomi bilan mashxur. Sababi, „Real Madrid“da birga oʻynagan jamoaning sobiq yarim himoyachisi Mamadu Diarra bilan adashtirmaslik uchun shunday nom bilan atashgan.

Lassana Diarra
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Lassana Diarra
Tavallud sanasi 10-mart 1985-yil (1985-03-10) (39 yosh)
Tavallud joyi ParijFransiya bayrogʻi Fransiya
Boʻyi 172 sm
Ampluasi yarimhimoyachi
Laqabi Lass
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Lassana Diarra Anji
Raqami 85
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Parij, Nant, Le-Man, Red Star
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004—2005
2005—2007
2007—2008
2008—2009
2009-hz.
2012 — hz.
Gavr
Chelsi
Arsenal
Porsmut
Real Madrid
  Anji
(29 (0)
13 (0)
7 (0)
24 (1)
69 (1))
Milliy terma jamoa
2005—2006
2007-hz.
Fransiya U-21
Fransiya
(18 (0)
28 (0))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jamoalardagi faoliyati tahrir

"Gavr" tahrir

Lassana Diarra oʻzining professional faoliyatini Fransiyaning „Gavr“ klubida boshlagan va jamoadagi muvaffaqiyatli ishtiroki natijasida tayanch yarimhimoyachi sifatida Fransiya U-21 terma jamoa safiga chaqirilgan. Terma jamoada u „Chelsi“ kuzatuvchilari nigohiga tushdi va uni yoshi katta boʻlgan, yaqin orada alishtirilishi kerak boʻlgan Klod Makelele oʻrnini bosuvchi sifatida qarashdi. 2005 yilning iyul oyida 1 mln. funt sterling evaziga Chelsi safiga qoʻshildi.

"Chelsi" tahrir

Oʻzining „Chelsi“dagi birinchi mavsumida asosiy tarkibda koʻp oʻyin amaliyotiga ega boʻlmasa ham jamoaning 2005/06 mavsumdagi eng yaxshi yosh oʻyinchi deb topildi. 2006/07 mavsumda himoya chizigʻidagi ketma-ket yuz bergan jarohatlar sababi jamoaning bosh murabbiyi Jose Mourinho Diarrani oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynata boshladi. Bu vaqtda Diarraga nisbatan „Arsenal“ klubi qiziqish bildira boshladi va „Chelsi“ rahbariyati futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 2008-yilning yanvarida muddati tugashini inobatga olgan holda oʻz raqobatchilariga Lassanani 2007-yilning 31-iyulida qoʻyib yuborishga rozi boʻlishdi.

"Arsenal" tahrir

„Arsenal“ jamoasiga 2 mln. funt sterlingga oʻtgan Diarra oʻziga Frederik Yungberg ketganidan soʻng, boʻsh boʻlgan sakkizinchi raqamni oldi. Jamoa bosh murabbiyi Arsen Venger Diarrani jamoaga juda foydali oʻyinchi ekanligini, uning koʻpqirralik futbolchi ekanligini taʼkidladi.

Bu orada Diarra oʻzi xohlagandek yetarlicha oʻyin amaliyotiga ega boʻlmadi va uni transfer qilishlarini talab qildi. Arsenalga qoʻshilganiga 5 oy oʻtmasidanoq Diarra „Portsmut“ tarkibiga 5.5 mln. funt sterling evaziga borib qoʻshildi.

"Portsmut" tahrir

Diarra Portsmutga 2008-yil 11-yanvarida oʻtdi, uni jamoaga kelib qoʻshilishiga „Arsenal“ tarkibida yetarlicha oʻyin amaliyotiga ega boʻlmaganligi, buning natijasida 2008 yilda oʻtadigan Yevropa chempionatida qatnasha olmay qoʻlishi mumkinligi sabab boʻldi. Portsmutda u asosiy tarkib oʻyinchisiga aylandi va uning klubdagi va terma jamoadagi oʻyinlari Yevropaning grand jamoalari eʼtiborini tortdi. Dekabrning oʻrtalaria Portsmut madridning „Real“ jamoasi bilan oʻyinchi transferi boʻyicha kelishuvga erishdi. Kelishuvga koʻra, Diarra 20 mln. funt sterling evaziga Madridliklar safiga oʻtadigan boʻldi.

"Real Madrid" tahrir

Diarraning „Real“ safiga qoʻshilishi rasman 2009-yil 1-yanvarida, transfer oynasi ochiladigan kuni amalga oshirildi. Yangi jamoada u jarohati sababli mavsumning oxirigacha safdan chiqqan Mamadu Diarraning raqamida oʻynay boshladi. Adashtirmaslik uchun uning maykasiga „Lass“ deb yozildi. 2011-yil 26-noyabrda Diarra „Real“dagi oʻzining 100-nchi oʻyinini oʻtkazdi[1].

"Anji" tahrir

2012-yil 31-avgustda transfer oynasining yopilishiga sanoqli vaqtlar qolganida, „Real“ Diarrani „Anji“ jamoasiga sotib yubordi. Transfer "Anji"ga 5 mln. yevroga tushdi[2]. Diarra yangi jamoasi bilan "3+1" tizimida shartnoma imzoladi[3]. Fransuz "Anji"da 2012-yil 16-sentabrda "Krasnodar"ga qarshi kechgan 8-tur o'yinida o'z debyutini nishonladi. O'yin 5:2 hisobida "Anji" g'alabasi bilan yakunlandi[4].

Erishgan natijalari tahrir

Jamoaviy

 Chelsi

  • Angliya kubogi gʻolibi (1): 2007
  • Futbol ligasi kubogi (1): 2007
  • Jami: 2 kubok

 Portsmut

  • Angliya kubogi gʻolibi (1): 2008
  • Jami: 1 kubok

 Real Madrid

Shaxsiy

  • „Chelsi“ning yildagi eng yaxshi yosh oʻyinchisi (1): 2006
  • Jami: 1 mukofot

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir