Latviya universitetiLatviyadagi birinchi milliy oliy oʻquv yurti. Latviyadagi yirik oʻquv, madaniy va ilmiy markaz hisoblanadi. Riga shahrida joylashgan. 1919-yil tashkil etilgan. 1940—58 yillarda Latviya davlat universiteti, 1958—90 yillarda P. Stuchka nomidagi Latviya davlat universiteti deb nomlangan; 1990-yildan hozirgi nomda. 1990-yil teologiya fakulteti, 1998-yil tibbiyot fakulteti faoliyati tiklandi. Latviya universitetida 12 fakultet va 24 ilmiy tadqiqotlar instituta, kutubxona (2,1 mln.dan ortiqasar), botanika bogi, fan va texnika muzeyi (6 filiali bilan) bor (1999); 1998/99 oʻquv yili untda 20 mingdan ziyod talaba taʼlim oldi, 1560 oʻqituvchi, jumladan, 116 professor ishladi. Latviya universitetida taʼlim fanning 24 tarmogʻi, jumladan, tibbiyot va teologiya boʻyicha bakalavr, magistr, doktorlik darajasini olish taʼminlanadigan dastur boʻyicha olib boriladi. Universitet bir nechta ilmiy jurnal nashr etadi.[1]

Latviya universiteti

Koordinatalari: 56°57′1.9999999999914″N 24°6′57.999999999995″E / 56.950555555555553156°N 24.11611111111110972°E / 56.950555555555553156; 24.11611111111110972 G O

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil