Laylak tumani (qir. Лейлек району), Qirgʻiziston Respublikasining Botken viloyatidagi uch tumandan biri. Tuman markazi - Isfana shahri.

Laylak tumani
Лейлек району

Gerb
Gerb
tuman
Tarkibida Botken viloyati
Maʼmuriy markazi Isfana
Aholi (2009) 116861 kishi[1]
Millatlar tarkibi qirgʻizlar — 66,3%
oʻzbeklar — 26,9%
tojiklar — 6,6%[1]
Dinlar tarkibi musulmonlar, nasroniylar
Vaqt mintaqasi UTC+6
Xaritada
Laylak tumani xaritada
Koordinatalari: 39°50′0″N 69°31′0″E / 39.83333°N 69.51667°E / 39.83333; 69.51667 G O

Tarixi tahrir

Tuman 1928-yilda tashkil topgan.

Geografiyasi tahrir

Sharqda Botken viloyatining Botken tumani bilan, janubi-gʻarbiy va shimolda Tojikiston bilan chegaradosh. Qirgʻizistonning eng gʻarbiy mintaqasi. Tuman hududi Fargʻona vodiysining kichik qismi (Qirgʻizstonning eng past nuqtasi joylashgan, 401 m) qator tepaliklar va baland togʻ etaklari (ular orasida Margʻun, Dargʻun, Madigen, Isfana va boshqa kichik vodiylarda joylashgan), Turkiston tizmasining shimoliy tomonini (eng baland joyi 5390 m, Sabah choʻqqisi) daralar va boshqa vodiylar, Belisiniq, Togʻyaylov togʻlarining shimoliy yon tomonlari tuman hududida joylashgan.[2]

Aholisi tahrir

2009-yilgi Qirgʻiziston aholisini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, tuman aholisi 116 861 kishi.[1]

Milliy tarkibi 2009
qirgʻizlar
  
66.3 %
oʻzbeklar
  
26.9%
tojiklar
  
6.6%
tatarlar
  
0.1%
boshqalar
  
0.1%

Ovullari tahrir

Manbalar tahrir