Heinrich Friedrich Emil Lenz (shuningdek, Emil Xristianovich Lents, ruscha: Эмилий Христианович Ленц; 12-fevral 1804-yil, Tartu, Livoniya guberniyasi, Rossiya imperiyasi — 10-fevral 1865-yil, Rim, Papalik davlati) — odatda Emil Lenz[2] nomi bilan mashhur boʻlgan rus fizigi va elektrotexnigi, Peterburg Fanlar Akademiyasi akademigi (1830). Asosiy ilmiy ishlari elektromagnetizm masalalariga oid. Induksion toklar yoʻnalishini aniklash uchun Lenz qoidacini yaratgan (1833). B.S.Yakobi bilan hamkorlikdagi „Elektromagnitlar qonunlari haqida“gi ishida elektromagnitlarni hisoblash usulini bergan (1838 — 44), James Prescott Joule ochgan elektr tokining issiqlik harakatini aniq tajribalar bilan asoslab bergan (qarang Joule—Lenz qonuni) (1842). U elektr mashinalarda elektr yurituvchi kuchning kamayishi sabablarini aniqlab, uning generatorning aylanish tezligiga bogʻliq emasligini va uning asosiy sababi yakorda induksiyalanadigan tok (yakorning oʻzinduksiyasi) ekanligini taʼkidlagan. Oʻzgaruvchan tok egri chizigʻini oʻrganish uchun moʻljallangan asbob ixtiro qilgan. Metallar qarshiligining temperaturaga bogʻliqligini aniqlash, Om qonunini asoslash, magnit oqimini oʻlchash uchun ballistik usul yaratishga (B. S. Yakobi bilan birgalikda) doir ishlar muallifi. Lenz tabiiy geografiya sohasida ham tadqiqotlar oʻtkazib, qutbiy va tropik kengliklardagi temperaturalar farqini oʻrgangan, u yerlardagi dengiz oqimining sabablarini — okeanlarning sirkulyasiya qonunini aniqlagan.[3]

Emil Lenz
Tavalludi 12 (24) fevral 1804[1]
Vafoti 29 yanvar (10-fevral) 1865
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi
Otasi Christian Heinrich Friedrich Lenz
Onasi Q124837382?

Manbalar tahrir

  1. (unspecified title)
  2. I. Grattan-Guinness (nash.), Companion Encyclopedia of the History and Philosophy of the Mathematical Sciences, 2-jild, Johns Hopkins University Press, 2003, s. 1213.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil