Leon — Nikaraguaning gʻarbiy qismidagi shahar. Leon departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 171,3 ming kishi (1995). Mamlakatning yirik savdo va muhim madaniyat markazi. Temir yoʻl tuguni. Oziq-ovqat (qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash) sanoati korxonalari, mebel fabrikasi mavjud. Qishloq xoʻjaligi rayonining (paxta, shakarqamish, chorvachilik mahsulotlari) savdo markazi. Milliy universitet (1812) bor. Shaharga 1524-yilda asos solingan. 1609-yildagi zilziladan vayron boʻlgan. 1857-yilgacha mamlakat poytaxti edi. Tarixiy meʼmoriy obidalar saqlangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil