Lionel Messi

argentinalik futbolchi (1987-yil tugʻilgan)

Lionel Andrés Messi Kuchchittini (ispancha: Lionel Andres Messi Cuccittini; 1987-yilda 24-iyunda Argentinada tavallud topgan. Inter Mayami[4] va Argentina milliy futbol jamoasida oʻynaydigan professional futbolchidir. Koʻplab futbol mutaxassislari, jurnalistlar va futbol yulduzlari tomonidan barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb tan olingan. Messi Pekinda oʻtkazilgan 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari chempioni, 2005-yilning yoshlar orasida jahon chempioni (turnirning eng yaxshi oʻyinchisi va toʻpurari), 2021-yilgi Copa America turniri gʻolibi hisoblanadi. 2022-yilda jahon chempionatida gʻolib boʻlgach, bir futbolchi oʻz faoliyatida erishishi mumkin boʻlgan barcha sovrinlarga ega chiqdi. 2012-yil bir mavsumda Barselona klubi safida 91 ta gol urib, buzish qiyin boʻlgan rekord oʻrnatdi. Messi yetti marta Oltin toʻp va 6 marta Yevropa oltin butsasi sovrinlarini qoʻlga kiritgan va bu borada rekordchi hisoblanadi. Shuningdek, futbol boʻyicha jahon chempionatlari tarixida eng yaxshi oʻyinchi (FIFA oltin toʻpi) mukofotini 2 marta qoʻlga kiritgan yagona futbolchidir.

Lionel Messi
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Lionel Andrés Messi[1]
Tavallud sanasi 24-iyun 1987-yil (1987-06-24) (36 yosh)[2]
Tavallud joyi Rosario, Santa Fe, Argentina
Boʻyi 1.73 m[3]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Inter Miami
Raqami 10
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2003–2004 Barcelona C 10 (5)
2004–2005 Barcelona B 22 (6)
2004–2021 Barcelona 520 (474)
2021–2023 Paris Saint-Germain 58 (22)
2023– Inter Miami 7 (10)
Milliy terma jamoa
2004–2005 Argentina U20 18 (14)
2008 Argentina U23 5 (2)
2005– Argentina 172 (98)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(21-may 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (5-iyun 2022-yil uchun)

Barselona tarkibida jami 35 ta sovrinni qoʻlga kiritgan. Barselona jamoasi bilan oʻn karra Ispaniya chempioni (2004/05, 2005/06, 2008/09, 2009/10, 2010/11, 2012/2013, 2014/2015, 2015/2016, 2017/2018, 2018/2019) boʻlgan, yetti marta Ispaniya kubogi (2008/2009, 2011/2012, 2014/2015, 2015/2016, 2016/2017, 2017/2018, 2020/2021), yetti marta Ispaniya superkubogi (2006, 2009, 2010, 2011, 2013, 2016, 2018) va to'rt marta UEFA Chempionlar ligasi (2005/2006, 2008/2009, 2010/2011, 2014/2015) gʻolibi boʻlgan. Messi yetti marta (2008/2009, 2009/2010, 2010/2011, 2011/2012, 2014/2015, 2019/2020, 2020/2021) Ispaniya chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi toʻpurari hisoblanadi 2023-yilda Argentina milliy termajamoasining o‘quv yig‘in mashg‘ulotlar ba‘zasi nomi uning sharafiga nomlandi

Hayoti tahrir

Messi 1987-yili, 24-iyunda Argentinaning Rosario shahrida dunyoga kelgan. Otasi — italyan Xorxe Orasio Messi, onasi Seliya Mariya Messi[5][6]. Uning akalari Rodrigo va Matias, singlisi Mariya Sol[7]. Uning katta bobosi Anjelo Messi 1883-yili Italiyaning Ankona shahridan Argentinaga koʻchib kelgan. Shajarasining boshqa tarmogʻi vakillari esa Ispaniyaning Kataloniya viloyatidan. Messi futbol bilan besh yoshidan mahalliy „Grandoli“ klubida shugʻullana boshlagan. Bu yerda uning otasi Xorxe murabbiylik qilardi. U ilk mashgʻulotlarini buvisi Saliya bilan oʻtkazgan. Butun oilada faqat shu ayolgina Messining futbolchi boʻlishini istardi. Shu sababli keyinchalik mashhur boʻlib ketgach, Lionel barcha gollarini buvisi sharafiga bagʻishladi. Messi 1995-yildan ona-shahri Rosariodagi „Nyuelz Old Boyz“ jamoasida toʻp sura boshladi. 1997-yili jamoa tarkibida Peru Doʻstlik Kubogida qatnashadi. Oʻn bir yoshga yetganida unda boʻy oʻsishini taʼminlaydigan samototropin gormoni yetishmasligini aniqlashadi. „River Pleyt“ jamoasi Messini oʻz tarkibiga qoʻshib olmoqchi boʻladi, biroq oyiga toʻqqiz yuz dollar ketadigan muolajani qoplashga yetarli mablagʻ topa olmaydi.Messi oʻn uch yoshga kirganida „Barselona“ jamoasi sarmoyadorlaridan biri u haqida eshitib qoladi va yordamchilarini joʻnatadi. Ular Messining otasini jamoa maʼmuriyatiga borib uchrashishga koʻndiradi. Shunday qilib, 2000-yilning 17-sentyabrida Messi otasi bilan Kataloniyaga keladi. Biroq jamoaning sport ishlari direktori Karles Reksach bandligi sababli 3-oktyabrdagina koʻrikdan oʻtishga muvaffaq boʻladi.Reksach yosh futbolchining isteʼdodiga qoyil qoladi va „Barselona“ direktorlar kengashini Messining oilasi bilan Yevropa koʻchib kelishi,-yiliga toʻqson ming yevro turadigan muolajaga pul ajratishga koʻndiradi. Shu paytdan boshlab Messi kataloniyaliklar safida toʻp sura boshlaydi.

Uning 3 ta oʻgʻil farzandi bor. Farzandlarining ismlari Tyago (2012) Mateo (2015) Chiro (2018).

Yutuqlari tahrir

Jamoaviy tahrir

„Barselona“
  • Ispaniya chempioni (10): 2004/05, 2005/06, 2008/09, 2009/10, 2010/11, 2012/13, 2014/15, 2015/16, 2017/18, 2018/19;
  • Ispaniya Kubogi egasi (7): 2008/09, 2011/12, 2014/15, 2015/16, 2016/17, 2017/18, 2020/21;
  • Ispaniya Superkubogi egasi (8): 2005, 2006, 2009, 2010, 2011, 2013, 2016, 2018;
  • UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi (4): 2005/06, 2008/09, 2010/11, 2014/15;
  • UEFA superkubogi egasi (3): 2009, 2011, 2015;
  • Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati gʻolibi (3): 2009, 2011, 2015
Argentina terma jamoasi

Shaxsiy tahrir

  • France Football nashriga koʻra Oltin Toʻp egasi (3): 2009, 2019, 2021; 2023
  • FIFA Oltin Toʻpi egasi (4): 2010, 2011, 2012, 2015;
  • FIFA tomonidan Yil oʻyinchisi: 2009;
  • The Best FIFA Menʼs Player mukofoti egasi (2): 2019, 2022;
  • Laurens World Sports Awardsga koʻra Yilning eng yaxshi sportchisi: 2020; 2023
  • Yevropada Yilning eng yaxshi futbolchisi mukofoti sohibi (2): 2011, 2015;
  • 2005-yilgi Yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionati eng yaxshi toʻpurari (6 ta gol);
  • 2005-yilgi Yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionati eng yaxshi oʻyinchisi;
  • „Golden Boy“ mukofoti sohibi: 2005;
  • Argentinada yilning eng yaxshi oʻyinchisi (12): 2005, 2007, 2008, 2009, 2010, 2011, 2012, 2013, 2015, 2016, 2017, 2019;
  • FIFProga koʻra dunyoning eng yaxshi yosh oʻyinchisi (3): 2006, 2007, 2008;
  • World Soccerga koʻra dunyoning eng yaxshi oʻyinchisi (5): 2009, 2011, 2012, 2015, 2019;
  • Amerika Kubogi eng yaxshi yosh oʻyinchisi: 2007;
  • Bravo sovrini egasi: 2007;
  • „Don Balon“ mukofoti sohibi (3): 2007, 2009, 2010;
  • EFE sovrini sohibi (5): 2006/07, 2008/09, 2009/10, 2010/11, 2011/12;
  • Di Stefano mukofoti sohibi (Ispaniya chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi sifatida) (7): 2008/09, 2009/10, 2010/11, 2014/15, 2016/17, 2017/18, 2018/19;
  • Amerika Kubogi ramziy terma jamoasiga kirgan (5): 2007, 2011, 2015, 2016, 2021;
  • Argentina futbol federatsiyasi talqiniga koʻra barcha vaqtlarning Argentina ramziy terma jamoasi aʼzosi;
  • ESM talqiniga koʻra Yevropa ramziy terma jamoasi aʼzosi (12): 2005/06, 2007/08, 2008/09, 2009/10, 2010/11, 2011/12, 2012/13, 2014/15, 2015/16, 2016/17, 2017/18, 2019/20;
  • FIFPro talqiniga koʻra dunyo ramziy terma jamoasi aʼzosi (14): 2007, 2008, 2009, 2010, 2011, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017, 2018, 2019, 2020;
  • UEFA talqiniga koʻra yilning eng yaxshi oʻyinchilaridan tashkil topgan ramziy terma jamoa aʼzosi (12): 2008, 2009, 2010, 2011, 2012, 2014, 2015, 2016, 2017, 2018, 2019, 2020;
  • FIFA talqiniga koʻra Jahon chempionati ramziy terma jamoasi aʼzosi: 2014;
  • Ispaniya chempionati eng yaxshi oʻyinchisi (9): 2008/09, 2009/10, 2010/11, 2011/12, 2012/13, 2014/15, 2017/18, 2018/19, 2019/20;
  • Ispaniya chempionatida oyning eng yaxshi oʻyinchisi (8): 2016-yanvar, 2017-aprel, 2018-aprel, 2018-sentyabr, 2019-mart, 2019-noyabr, 2020-fevral, 2021-fevral;
  • Ispaniya chempionatining eng yaxshi hujumchisi (9): 2008/09, 2009/10, 2010/11, 2011/12, 2012/13, 2014/15, 2015/16, 2016/17, 2018/19;
  • UEFA Chempionlar Ligasining eng yaxshi toʻpurari (6): 2008/09 (9 ta gol), 2009/10 (8 ta gol), 2010/11 (12 ta gol), 2011/12 (14 ta gol), 2014/15 (10 ta gol), 2018/19 (12 ta gol);
  • Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi (2): 2009, 2011;
  • Onze Mondialga koʻra Yevropada Yilning eng yaxshi futbolchisi (4): 2009, 2011, 2012, 2018;
  • Globe Soccer Awards talqiniga koʻra yilning eng yaxshi oʻyinchisi: 2015;
  • Pichichi mukofoti sohibi (Ispaniya chempionatining eng yaxshi toʻpurari sifatida) (8): 2009/10, 2011/12, 2012/13, 2016/17, 2017/18, 2018/19, 2019/20, 2020/21;
  • Ispaniya kubogining eng yaxshi toʻpurari (5): 2008/09, 2010/11, 2013/14, 2015/16, 2016/17;
  • Oltin Butsa sohibi (6): 2010, 2012, 2013, 2017, 2018, 2019;
  • Argentinada yilning eng yaxshi sportchisi: 2011;
  • IFFHSning eng yaxshi toʻpurar uchun mukofoti sohibi (2): 2011, 2012;
  • IFFHSning milliy chempionatlarning eng yaxshi toʻpurari uchun mukofoti sohibi (3): 2012, 2013, 2017;
  • IFFHSning yilning eng yaxshi pleymeykeri uchun mukofoti sohibi (4): 2015, 2016, 2017, 2019;
  • IFFHS talqiniga koʻra oʻnyillikning eng yaxshi pleymeykeri (2011—2020).

Klublarda tahrir

2023-yil 19-mart holatiga koʻra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Fasllar Ligalar Milliy kubok Yevropa Boshqalar Umumiy
Chempionatlar Passlar Gollar Passlar Gollar Passlar Gollar Passlar Gollar Passlar Gollar
Barcelona C 2003–04[8] Tercera División 10 5 10 5
Barcelona B 2003–04[9] Segunda División B 5 0 5 0
2004–05[10] Segunda División B 17 6 17 6
Umumiy 22 6 22 6
Barcelona 2004–05[11] La Liga 7 1 1 0 1 0 9 1
2005–06[12] La Liga 17 6 2 1 6 1 0 0 25 8
2006–07[13] La Liga 26 14 2 2 5 1 3 0 36 17
2007–08[14] La Liga 28 10 3 0 9 6 40 16
2008–09[15] La Liga 31 23 8 6 12 9 51 38
2009–10[16] La Liga 35 34 3 1 11 8 4 4 53 47
2010–11[17] La Liga 33 31 7 7 13 12 2 3 55 53
2011–12[18] La Liga 37 50 7 3 11 14 5 6 60 73
2012–13[19] La Liga 32 46 5 4 11 8 2 2 50 60
2013–14[20] La Liga 31 28 6 5 7 8 2 0 46 41
2014–15[21] La Liga 38 43 6 5 13 10 57 58
2015–16[22] La Liga 33 26 5 5 7 6 4 4 49 41
2016–17[23] La Liga 34 37 7 5 9 11 2 1 52 54
2017–18[24] La Liga 36 34 6 4 10 6 2 1 54 45
2018–19[25] La Liga 34 36 5 3 10 12 1 0 50 51
2019–20[26] La Liga 33 25 2 2 8 3 1 1 44 31
2020–21[27] La Liga 35 30 5 3 6 5 1 0 47 38
Umumiy 520 474 80 56 149 120 29 22 778 672
Paris Saint-Germain 2021–22[28] Ligue 1 26 6 1 0 7 5 34 11
2022–23[29] Ligue 1 23 13 1 0 7 4 1 1 32 18
Umumiy 49 19 2 0 14 9 1 1 66 29
Butun faoliyatida 601 504 82 56 163 129 30 23 876 712
2023-yil 29-mart holatiga koʻra
Milliy terma jamoa, yil va musobaqa bo'yicha ko'rinish va gollar
Terma jamoa Yil Qarama qarshi uchrashuvlarda Oʻrtoqlik uchrashuvlarda Umumiy
Passlar Gollar Passlar Gollar Passlar Gollar
Argentina U20 2004 2 3 2 3
2005 16 11 16 11
Umumiy 16 11 2 3 18 14
Argentina U23 2008 5 2 5 2
Umumiy 5 2 0 0 5 2
Argentina[30][31] 2005 3 0 2 0 5 0
2006 3 1 4 1 7 2
2007 10 4 4 2 14 6
2008 6 1 2 1 8 2
2009 8 1 2 2 10 3
2010 5 0 5 2 10 2
2011 8 2 5 2 13 4
2012 5 5 4 7 9 12
2013 5 3 2 3 7 6
2014 7 4 7 4 14 8
2015 6 1 2 3 8 4
2016 10 8 1 0 11 8
2017 5 4 2 0 7 4
2018 4 1 1 3 5 4
2019 6 1 4 4 10 5
2020 4 1 0 0 4 1
2021 16 9 0 0 16 9
2022 10 8 4 10 14 18
2023 0 0 2 4 2 4
Umumiy 121 54 53 48 174 102
Butun faoliyatida 142 67 55 51 197 118

Manbalar tahrir

  1. „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Argentina“. FIFA (15-iyul 2018-yil). 11-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „2018 FIFA World Cup Russia: List of players: Argentina“. FIFA (15-iyul 2018-yil). 19-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-oktabr 2018-yil.
  3. „Lionel Messi“. Paris Saint-Germain F.C.. Qaraldi: 3-aprel 2022-yil.
  4. „Месси расман «ПСЖ» футболчисига айланди“. Bugun.uz. 10-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust. (Wayback Machine saytida 10-avgust 2021-yil sanasida arxivlangan)
  5. Lionel Messi: Magic in his feet, 27–mart 2019–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 17–mart 2013–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  6. Los intereses de Messi
  7. Lionel Messi bio, 13–may 2017–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 17–mart 2013–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  8. „Caioli 2012“. https://en.wikipedia.org.
  9. „"Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2003–04"“. https://www.bdfutbol.com.
  10. „"Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2004–05"“. https://www.bdfutbol.com.
  11. „"Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2004–05"“. https://www.bdfutbol.com.
  12. „"Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2005–06"“. https://www.bdfutbol.com.
  13. „"Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2006–07"“. https://www.bdfutbol.com.
  14. „"Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2007–08"“. https://www.bdfutbol.com.
  15. „"Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2008–09"“. https://www.bdfutbol.com.
  16. „"Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2009–10"“. https://www.bdfutbol.com.
  17. „"Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2010–11"“. https://www.bdfutbol.com.
  18. „"Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2011–12"“. https://www.bdfutbol.com.
  19. „"Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2012–13"“. https://www.bdfutbol.com.
  20. „"Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2013–14"“. https://www.bdfutbol.com.
  21. „Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2014–15“. BDFutbol. Qaraldi: 2015-yil 11-avgust.
  22. „Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2015–16“. BDFutbol. Qaraldi: 2015-yil 6-sentyabr.
  23. „Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2016–17“. BDFutbol. Qaraldi: 2016-yil 27-oktyabr.
  24. „Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2017–18“. BDFutbol. Qaraldi: 2017-yil 27-avgust.
  25. „Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2018–19“. BDFutbol. Qaraldi: 2018-yil 27-avgust.
  26. „Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2019–20“. BDFutbol. Qaraldi: 2019-yil 17-sentyabr.
  27. „Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2020–21“. BDFutbol. Qaraldi: 2020-yil 9-oktyabr.
  28. „Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2021–22“. BDFutbol. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
  29. „Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2022–23“. BDFutbol. Qaraldi: 2022-yil 31-iyul.
  30. „Lionel Messi: Player Profile“. ESPN FC. Qaraldi: 2015-yil 9-sentyabr.
  31. „"Lionel Messi: Player Profile"“. https://www.espn.com.

Havolalar tahrir

Lua xatosi in package.lua at line 80: module 'Module:CountryData/cacheB' not found.