Logistika (yun. logistike – hisoblash, muhokama sanʼati) – 1) matematik mantiq tushunchasining sinonimi; 2) B. Rassel va uning maktabi vakillarining asarlarida bayon etilgan matematik mantiq taraqqiyotidagi bosqichning nomi. Nazariy mat.ga qarama-qarshi qoʻyiladigan hisoblash va geometrik oʻlchovlar „sanʼati“ qadimiy mat.da L.deb atalgan. G. V. Leybnits „L.“ va matematik mantiq terminlarini oʻzi ishlab chiqqan xulosa chiqarishdagi hisobning sinonimi sifatida qoʻllagan. Uning gʻoyalari xoz. zamon matematik mantiqda oʻzining toʻliq ifodasini topgan. „L.“ tushunchasi logistik metod (formal mantiqni formallashtirilgan tillar nazariyasi yordamida bayon etish usuli), logistik tizim (formal tizim) va boshqa maʼnolarni ham anglatadi. Logistikaning asl maqsadi kam xarajat qilib, koʻp foyda olish va yetarli natijaga erishishdir[1].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil