Madain Solih — Madina va Shom o‘rtasidagi vodiy. Qur’oni Karimda zikr qilingan joy. Hozirda Saudiya Arabistonining Hijoz viloyatiga qarashli.

Madain Solih Qur’oni Karimda tahrir

Hijr surasida Madain solih haqida mana bu oyatlar zikr qilingan.

(80) Aniqki, Hijr (vodiy) egalari (Samud oilasi) ham payg‘ambarlarni (yaʼni, Solih alayhis-salomni) yolg‘onchi qilgandirlar.
(81) Biz ularga Oʻz oyat-mo‘‘jizalarimizni ato etgan edik, ular bu oyatlardan yuz o‘giruvchi bo‘ldilar.
(82-83) (Shundan so‘ng) ular tinch-omonlikda (go‘yo hech qachon o‘lmaydigandek) tog‘laridan uylar yo‘nib yurganlarida, ularni tong chog‘ida dahshatli qichqiriq tutdi.
(84) So‘ngra ularga qilgan narsalari (yaʼni, tosh qal’alari) biron foyda bermadi.

Fotogalareya tahrir