Mahalla — Oʻzbekistonda maʼmuriy-hududiy birlik; oʻzini oʻzi boshqarishning oʻzbek xalqining anʼanalari va qadriyatlariga xos boʻlgan usuli.

Tarixi tahrir

Mahalla tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, jez davrining yodgorligi boʻlgan Sopollitepapya 8 ta oila yashagan. Ularni faqat urugʻ jamoasigina emas, balki ishlab chiqarish manfaatlari ham birlashtirib turgan. Keyinchalik ularning safiga patriarxal tizim asosida 100 dan ortiq oilalar kelib qoʻshilgan. Katta oilalar jamoasini ular orasidan saylangan oqsoqol boshqargan. Oqsoqollar oʻz navbatida oliy oqsoqollar kengashiga birlashgan. Oqsoqollar, odatda, jamoa — qishloq hayoti bilan bogʻliq barcha masalalarni oliy kengash orqali hal qilishgan. Miloddan avvalgi 3-asrdan milodiy 5-asrning boshlarigacha Fargʻona (Parkana) davlatida ham oqsoqollar kengashi muhim vazi-falarni hal etgan. Kengash, asosan, sulh tuzish, vazirlar tarkibi va soliqlarni tayinlash, urush eʼlon qilish, jamoa ishlariga safarbar etish kabi masalalar bilan shugʻullangan.

Mahalla atamasi arabcha boʻlib, „oʻrin-joy“ degan maʼnoni anglatadi. U turli mintaqalarda mahallot (joy), guzar, jamoa, elat, elod nomlarda atalib kelingan. Adabiyotlarda M.larning koʻp ming yillik tarixga ega ekanligi haqida maʼlumotlar uchraydi. Masalan, Narshaxiy oʻzining „Buxoro tarixi“ asarida Buxoroda bundan 1100-yil ilgari bir qancha mahallalar boʻlganini qayd etib oʻtgan. Alisher Navoiy oʻzining „Hayrat ul-abror“ asarida mahallani „mahalla shahar ichidagi shaharcha“dir deb taʼriflaydi, Hirot shahri yuz shaharcha ahamiyatiga ega boʻlgan mahallalardan tashkil topganini aytib oʻtadi. Mahallalar, ayniqsa, Amir Temur davrida ravnaq topgan. Bu davrda mahallalar fuqarolarning kasbkori asosida shakllangan va shunga qarab nomlangan. Masalan, zargarlik, misgarlik, koʻnchilik, pichoqchilik, qoshiqchilik, temirchi, egarchi, taqachi va h.k. Mahalla qadimda mahalliy hokimiyatning oʻziga xos bir shakli, koʻrinishi tarzida faoliyat koʻrsatgan. Uni boshqarish jamoatchilik asosida olib borilib, oʻzining yozilmagan ichki tartib-qoidalariga ega boʻlib, u hamma uchun birdek qonuniy hisoblangan.

Mahalla kichik maʼmuriy hudud boʻlishi bilan birga, turmush tarzi, qadriyatlar, anʼanalar, urf-odatlar umumiyligi bilan bogʻlangan kishilar jamoasi birligidir. Tarixning turli bosqichlarida davrlar, tuzumlar oʻzgarishiga qarab M.ning vazifalari ham oʻzgarib turgan.

20-asrning boshlaridayoq Mahallalar daha boshliqlari — mingboshilar saylaydigan yuzboshi (oqsoqollar) tomonidan boshqarilgan. Yuzboshi va uning yordamchilari Mahalladagi barcha jamoat ishlari va marosimlarni boshqargan. Shuningdek, fuqarolarning shahar yigʻinlari va shahar muassasalarida M. manfaatlarini himoya qilgan.

Mahallaning asosiy vazifalari: marosimlarni birgalikda oʻtkazish, oʻz hududini batartib saqlash va obodonlashtirish, yosh avlodni ijtimoiy ruhda tarbiyalash, jamiyat hayotida tartib saqlanishini taʼminlash, barcha anʼanaviy meʼyorlarning bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatish, urf-odatlarga rioya qilish va ularni buzgan, jamoat maj-buriyatlaridan boʻyin tovlaganlarni jazolashdan iborat boʻlgan. M. rahbari-yati ariq-hovuzlarni tozalash, koʻchalar, yoʻllar qurish va M. obodonchiligi bilan bogʻliq boshqa jamoat ishlarini uyushtirganlar. Bu ishlarning barchasi birgalikda hashar yoʻli bilan amalga oshirilgan.

Mahalla jamiyatning tuzilmasi sifatida tarixan bir qancha rivojlanish bosqichlarini bosib oʻtdi. U 20-asrning 1-choragida oʻzining anʼanaviy shaklini oldi.

Sovet hukumati mahallalarga oʻz umrini yashab boʻlgan oʻtmish sarqiti sifatida qaradi. Shundan kelib chiqib, u anʼanaviy milliy boshqaruvlarni bekor qilish yoʻli bilan bu yerda sanoatlashgan jamiyatni qaror toptirish siyosatini joriy etishga kirishdi. 20-yillar boshlaridan sovet hukumati mahallalar vazifasini cheklash, oʻziga boʻysundirishga intildi. Biroq mahallalar oʻzining yashovchanligini namoyon etib, anʼanaviy xayot va aloqa tarziga qarshi har qanday hujumlarga va ularni yoʻqotish yoʻlidagi urinishlarga dosh berdi. U ilgarigi hayot tarzi, urf-odat va rasmrusumlarni saqlab qoldi.

1932-yil 17-aprelda Oʻzbekistonda birinchi marotaba shaharlardagi „Mahalla qoʻmitalari toʻgʻrisida“ Nizom qabul qilindi. 1935—36 yillarda mahallalarda oqsoqol boshchiligida Mahalla qoʻmitalari tashkil etilib, aholi oʻrtasida olib boriladigan barcha ishlarni rais boshqargan.

1961-yil avgustda Oʻzbekiston Oliy Kengashi tomonidan chiqarilgan „Respublika shahar, qishloq, posyolkalaridagi va ovullaridagi M. qoʻmitalari toʻgʻrisida“gi Nizomda ham mahallaga yuridik shaxs maqomi berilmagan edi. Mahalla qoʻmitalari biron-bir moliyaviy xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin emas, ular oldisotdi, ijaraga berish ishlarini bajarishda qatnashishlari mumkin bo'lmagan. Mahallaning huquq va vakolatlari cheklangan edi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, M.larga boʻlgan munosabat tubdan oʻzgardi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasiga va 1993-yil sentabrda qabul qilingan „Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida“gi qonunga binoan, M.lar oʻz huquqiy maqomiga ega boʻlib, mahalliy hokimiyat tarkibiga kirdi. Mahallalar davlatning joylardagi muhim tayanchi, yuridik shaxs sifatida oʻz mol-mulkiga, moliyaviy byudjetiga, bankdagi hisobkitob raqamiga — jamgʻarmasiga egadir. Bu qonunga asosan, har bir M. oʻz hududida ishlab chiqarishni tashkil etishi, kichik korxonalar ochishi, oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni sotishi, uning bir qismini M.dagi ehtiyojmandlarga bepul tarqatishi, oʻz hududidagi aholini ish bilan taʼminlashi, aholiga madaniymaishiy xizmat koʻrsatishi mumkin.

Hozirgi paytda M.larning bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida, oʻz faoliyatlarini tashkil etishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Ular, toʻymaʼraka marosimlarini oʻtkazish, hasharlar uyushtirish, oilaviy nizolarni bartaraf etish, bemorlar holidan xabar olish ishlari bilan shugʻullanadi. Koʻpchilik M.larning oʻz masjidi bor, turli maʼrakalar uchun kerakli ashyolar (doshqozon, idishtovoq, choynak-piyola, tobut va boshqalar) mavjud. 90-yillarda M. hokimiyatning rasman quyi yuridik organiga aylandi. M. vazifalari ancha kengaydi, u demokratik davlatning eng muhim boʻgʻinlaridan biri.

M. va uning aholisining ham ijtimoiy-iqtisodiy, ham madaniy yuksalishiga har tomonlama yordam berish, milliy anʼana va urf-odatlarni boyitish, M. qoʻmitalari ishlarini muvofiklashtirish, M.lardagi kam taʼminlangan oilalar, keksalar, faxriylar, nogironlar, koʻp bolali oilalar, yetim-yesirlar, baynalmilalchilar manfa-atlarini har tomonlama himoya qilish maqsadida 1993-yil 17-avgustda Oʻzbekiston „Mahalla“ xayriya jamgʻarmasi tashkil etidsi. „Mahalla“ gazetasi chiqa boshladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov M.ning hozirgi zamon jamiyatidagi mohiyati va ahamiyatiga quyidagicha baho beradi: "Oʻz-oʻzini boshqarishning xalqimiz anʼanalari va qadriyatlariga juda xos boʻlgan usuli — mahallalar tizimi soʻnggi yillarda juda katta nufuzga ega boʻlib bormoqda. Ular amalda oʻz huquqlaridagi barcha ishlar uchun masʼuldirlar. Zero, mahallaning qoʻlidan kelmaydigan ish yoʻq. Uning nufuzini koʻtarish, bilingki, nafaqat iqtisodiy, nafaqat ijtimoiy, balki bu siyosiy, tarbiyaviy, ulkan maʼnaviy masaladir. Biz mahallalarga shu nuqtai nazardan qarashimiz lozim".

Har bir M. aniq tashkiliy tuzilmaga ega. Unga M.ning umumiy yigʻilishida saylanadigan M. kengashi rahbarlik qiladi. Kengash oʻz tarkibidan rasman M. yigʻini raisi (oqsoqol)ni, oʻrinbosari va kotibini saylaydi. Bundan tashqari, M. kengashiga keksa, tajribali kishilardan M. oqsoqoli maslahatchilari ham saylanadi. Kengash huzurida toʻy marosimlarini oʻtkazish, xotinqizlar, yoshlar, urush va mehnat faxriylari bilan ish olib boruvchi, jamoat tartibini saqlash, obodonlashtirish, turar joy fondlarini saqlash va h.k. boʻyicha komissiyalar tuziladi.

M. rahbariyati 2,5 yilga saylanadi va har yili aholi oldida hisobot beradi. Joriy masalalarni hal etish uchun M. kengashi oyda bir marta yigʻiladi. Endilikda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yuridik shaxs maqomiga ega boʻlib, belgilangan namunadagi muhrga ega hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida roʻyxatga olinadi.

1998-yil 23-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi „Prezidentining Fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlarini qoʻllab-quvvatlash haqida“gi farmoniga koʻra, M. rahbariyatining (rais, kotib) faolligini oshirish, ijtimoiy muhofaza qilish va qoʻllabquvvatlash maqsadida ularning ish haqi oshirildi, pensioner raislarga pensiyani toʻliq olishlariga ijozat berildi. Natijada M. rahbariyatining manfaatdorligi va nufuzi ortdi.

Fuqarolik jamiyatini qurish, albatta, kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichma-bosqich oʻtish orqali roʻy beradi. 1999-yil 14-aprelda Oʻzbekiston Res-publikasining „Fuqarolarning oʻzoʻzini boshqarish organlari haqida“gi (yangi tahrirda) qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun fuqarolarning oʻzinioʻzi boshqarish organlari faoliyatida tub burilish yasadi. Yangi tahrirdagi qonunning 7-moddasiga asosan, fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tarkibiga kirmaydi deb toʻgʻridan-toʻgʻri belgilab qoʻyildi.

Yuqorida sanab oʻtilgan vazifalardan tashqari, yangi vazifalar yuklatilgan. U oʻz hududida savdo va maishiy xizmatni, sanitariya va ekologik holatni nazorat qilishga koʻmaklashadi, yongʻin xavfsizligi, turar joy fondini saqlash, aholidan soliq va majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida toʻshishini taʼminlashga yordam beradi. Ana shu pul mablagʻlari tushumining muayyan miqdori oʻz-oʻzini boshqarish organlari jamgʻarmasiga oʻtkaziladi. Bu mablagʻ kam taʼminlangan oilalarning uy-joy, kommunal xizmatlari toʻlovlariga, shuningdek, M.ni obodonlashtirishga sarflanadi. Endilikda, har bir M. oʻz madaniy markazini, guzarini qurib, shu yerda choyxona, novvoyxona, doʻkon, maishiy xizmat shoxobchalari, turli sport oʻyinlari maskanini barpo etmoqda. M. qoʻmitasi tashabbuskor jamoat tashkilotidir. M.da xoʻjalikmadaniy qurilish tadbirlarini amalga oshirish, uning hududini obodonlashtirish, uy-joylarni va hududdagi shahar xoʻjaligini saqlash, ozodalikni taʼmin etish, tartibqoidani mustahkamlash va h.k. uchun sharoit mavjud. M.larning ahamiyati mustaqillik sharoitida kun sayin oʻsib bormoqda.

2003-yil Oʻzbekistonda „Obod mahalla yili“deb eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2003-yil 7-fevralda qabul qilgan „Obod mahalla yili“ dasturiga binoan, M. nufuzini koʻtarishga qaratilgan muhim vazifalar amalga oshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasida jami 9627 fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organi faoliyat koʻrsatadi, shulardan 6855 tasi yuridik shaxs maqomiga ega.

Mahallalarni identifikatsiyalash tahrir

2021-yil 5-mart kuni Vazirlar Mahkamisining «Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, Oʻzbekistonda har bir mahallaning ID identifikasiya raqami va hududiy chegarasi koʻrsatilgan yagona elektron ma’lumotlar bazasi joriy etildi. 2021-yil 1-aprelgacha quyidagilar ishlab chiqilib, joriy etildi:

  • har bir mahallaning ID identifikasiya raqami va hududiy chegarasi koʻrsatilgan yagona elektron ma’lumotlar bazasi;
  • ota-onalik huquqidan mahrum etilgan ota-onalar hamda vasiylikka va homiylikka olingan bolalar va oilaga tarbiyaga berilgan (patronat) bolalar boʻyicha elektron ma’lumotlar bazasi;
  • davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar boʻyicha tegishli ma’lumotlarni oʻz ichiga oladigan yagona elektron axborot tizimi;
  • fuqarolarning avtotransport vositalari sozligi yoki nosozligi boʻyicha elektron ma’lumotlar bazasi[1].

Adabiyot tahrir

  • Karimov I. A., Bizdan ozod vaobod Vatan qolsin, T., 1996; Malitskiy N. G., Toshkent mahalla va mavzelari, T., 1996; Mahalla: oʻzini oʻzi boshqarish huquqiy kafolati (qonunchilik va meʼyoriy hujjatlar toʻplami), T., 1999; Toshkent mahallalari: anʼanalar va zamonaviylik, T., 2002.

Davron Shorahmedov.[2]

Manbalar tahrir