Aomin — Xitoy janubi-sharqidagi maxsus ma’muriy rayon (1999-yil 20-dekabrdan) Janubiy Xitoy dengizi sohilida, Chjuts-zyan daryosi quyilish joyida. Aomin yarim orol, Xanszidao, Szyuao va boshqa bir qancha mayda orollarni oʻz ichiga oladi. Maydoni 18 km². Aholisi 430 ming kishi (1999) aksari qismi xitoylar va portugʻallar. Din-dorlari budda diniga e’tiqod qiladi, katoliklar ham bor. Ma’muriy markazi va porti — Aomin (342 ming kishi, 1991). 1557-yilda Portugaliya A.ni Xitoydan ijaraga olgan. 1680-yildan Portugaliya mulki, 1951-yildan Portugaliyaning "dengiz ortidagi provinsiyasi". Xitoy va Portugaliya hukumatlarining qoʻshma bayonotiga muvofiq (1987) A. 1999-yildan boshlab Xitoy suvereniteti ostiga oʻtdi.Iqtisodining asosini turizm bilan birga eksport uchun kiyim-kechak va boshqa toʻqimachilik buyumlari, elektron qismlar, oʻyinchoqlar ishlab chiqarish tashkil etadi. A. iqtisodi yana Xalqaro moliya-savdo operatsiyalarida vositachilik qilishga ham asoslangan. Baliqovlanadi. Dengiz kurortlari, qimorxonalar bor.

Aomin
ShiorY'o`q
Madhiya: Olgaqadamlar
Location of Makao
Poytaxt -
Hukumat Muxtoriyat
• Prezident
]
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
10,566,212 (75-oʻrin)
• Zichlik 18 527/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$15,997 mil. (41-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$36 357
Pul birligi Pataka
Vaqt mintaqasi UTC+8
Qisqartma PO
Telefon prefiksi +853
Internet domeni .mo
Makao

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil