Maksim Aleksandrovich Fadeyev (1968-yilning 6-mayida, Kurgan shahrida tugʻilgan) — rossiyalik prodyuser, xonanda, musiqachi.

Maksim Fadeyev
Макс Фадеев (cropped).jpg
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Maksim Aleksandrovich Fadeyev
6-may 1968-yil
Fuqaroligi Rossiya Federatsiyasi
Janr Alternative rock, Rok-musiqa, synth-pop va zamonaviy ritm va blyuz
Faoliyat yillari 1989-yildan - hozirgacha
Veb-sayt www.max-fadeev.ru

Biografiyasi tahrir

Maksim yoshligidanoq musiqa maktabiga bora boshladi. 12-13 yoshida bas-gitarada oʻynashni oʻrgandi. Maktabdan soʻng musiqa bilim yurti ga, birdaniga 2 — xor dirijyorligi va fortepiano fakultetlariga oʻqishga kirdi. Vaqt oʻtgach akustik gitarada oʻynashni ham oʻrgandi. 17 yoshidan qoʻshiq yoza boshladi. Ularning eng mashxuri «Singan shisha ustida raqsga tush» («Tansuy na bitom stekle») deb nomlanadi. Aynan oʻsha vaqtdan boshlab u musiqaga qiziqishi uygʻondi. Yoshligida mashinasoz-quruvchilar qoshidagi mahalliy musiqiy guruxi, soʻngra «Konvoy» guruhida ijod qildi. Aynan shu guruh bilan u konsert berib minglab qishloqlarda boʻldi, diskotekalarda oʻynadi.

1989-yilda, «Yurmala-89» konkursida ishtirok etish uchun joʻnatiladi. Yekaterinburg va Moskvadagi mahalliy saralash bosqichini osonlik bilan oʻtadi. Ayni vaqtda konkurs «Yalta-90» ga aylanib ketdi, bu yerda Maksim 3-oʻrinni egallaydi. Bu chiqishi evaziga uni mukofotlashadi, chiqishini esa televideniyedan koʻrsatishadi. Vaqt oʻtishi bilan Maksimning talanti unga mashxurlikni keltira boshladi, ammo xonandalik emas bastakorlik sohasida — u reklamada qoʻllaniladigan jingl, musiqalar uchun buyurtma oladi.

Shoumen Sergey Krilov Maksimni Moskvaga taklif qilib, unga yordam berishini aytadi. Omsk va Yekaterinburgda bir muddat yashab, 1993-yilda Moskvaga koʻchib oʻtadi. Bu yerda u taniqli musiqachilarga aranjirovka qiladi: Larisa Dolinaga, Valeriy Leontyevga, Vyacheslav Malejikka.

Linda, Germaniya tahrir

1993-yilda Fadeyevning, keyinchalik Linda nomi bilan mashxur boʻlgan Svetlana Geyman bilan hamkorligi boshlanadi. Ularning ijodiy hamkorligi 1999-yilgacha davom etdi va Maksimning prodyuser sifatida katta yutugʻi boʻldi. Ushbu loyiha bilan parallel ravishda Maksim Germaniyaga koʻchadi va kino uchun musiqa yozishni boshlaydi. 5 ta filmga musiqa yozildi va Oil Plant musiqiy guruhi tashkil etildi. Keyinchalik Chexiya va «Triumf» filmi. Uning «Total», «Monokini» musiqiy guruxlari aynan shu paytda, keyinchalik Glyuk'oza paydo boʻladi.

Yulduzlar fabrikasi, televideniye tahrir

2002-yildan «Yulduzlar bavrikasi-2» koʻrsatuvida ishni boshlaydi. Maksim Birinchi kananing rahbari Konstantin Ernst tomonidan taklif etiladi. Ushbu koʻrsatuv orqali Yelena Temnikova, Yuliya Savicheva, Irakli, Pyer Nartsiss kabi xonandalar mashur boʻlib ketishdi.

Joriy proyektlari tahrir

Eks-proyektlari tahrir

Manbalar tahrir


Turkum:1968-yilda tug'ilganlar