Mareograf (lot. mare va ... graf) — dengiz suvi sathi oʻzgarishlarini avtomatik tarzda uzluksiz qayd qilib boradigan asbob. Muqim (statsionar) va gidrostatik xillari bor. Qalqovuchli muqim M.da suvning toʻlqinlanishi tufayli qalqovuchning dam balandga, dam pastga koʻtarilib-tushib turishi natijasida (mexanik oʻtkazgichlar tizimi yordamida) asbob perosi barabanga kiygizilgan diagramma lentasi sirtida siljiydi. Barabanni soat me-xanizmi harakatlantirib turadi. Pero ana shu lenta sirtiga dengiz suvining toʻlqinlanishiga monand egri chiziqlarni kichraytirilgan masshtabda chizib turadi. Bunday M. yirik portlarda qoʻllaniladi. Gidrostatik M.ning ishi suv ustunining gidrostatik bosimini oʻlchashga asoslangan. U ochiq dengizga 200–250 m chukurlikka tushirilib, 1 oygacha avtomatik tarzda yozib borishi mumkin; ilmiy ekspeditsiyalarda qoʻlllaniladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil