Margarin (frans. margarine) — oʻsimlik moyi va hayvon yogʻiga sut, qand, tuz, vitaminlar, boʻyovchi hamda xushbuy moddalar qoʻshib tayyorlanadigan oziqovqat mahsuloti. Fizik xossalari, kimyoviy tarkibi, taʼmi va toʻyimliligi jihatdan sariyogʻtg yaqin. M.ning qaymokli (oshxona) navi tarkibida 15,7% suv, 0,5% oqsil, 82,0% yogʻ, 0,4% uglevod bor, 100 g mahsulot 766 kkal beradi.

S utl i M. — yogʻning sut bilan emulsiyali (qaymoqli, oshxona, ekstra, limonli va boshqalar). Pazandalik M. — usimlik moyi bilan hayvon yogʻi aralashmasi (margaguselin, pazandalik yogʻi va boshqalar); sut qushib yoki qoʻshmay tayyorlanadi. Oziq-ovqat sanoatida va pazandachilikda ishlatiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil