Mexiko — Meksikaning markazidagi shtat. Maydoni 21,5 ming km². Aholisi 13,08 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Toluka shahri Markaziy Mesa togʻligining jan. qismi, qisman Vulkanli Syerra togʻlarida joylashgan. Gʻarbda Toluka togʻ oraligi havzasi va sharqda Mexiko havzasini oʻz ichiga oladi. Vulkan harakatlari faol seysmik rayon hisoblanadi. Iklimi tropik, togʻli iqlim, oʻrtacha oylik temperaturalar 9—12° dan 15—18° gacha. Yillikyogʻin 500–1000 mm. Togʻlar oʻrmonlar bilan qoplangan, 4000 m dan baland yerlar yaylovlardan iborat. Xoʻjaligining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil etadi. Ekin maydonining 40% lalmikor yerlar (makkajoʻxori, dukkakli ekinlar, arpa ekiladi), 9% sugʻoriladigan yerlardan iborat. Toluka shahri atrofida bugʻdoy ekiladi, sut chorvachiligi, shimoliy rayonlarda kuychilik rivojlangan. Asosiy sanoat korxonalari: avtomobilsozlik, kimyo, yengil sanoat, metallsozlik, sunʼiy oʻgʻitlar ishlab chiqarish[1]

Mexiko
ispancha: Estado de México

Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Shtat
Tarkibida 125 munitsipalitet
Maʼmuriy markazi Toluka
Yirik shahari Ekatepek-de-Morelos
Asos solingan sanasi 4-oktabr 1823
Gubernator Eruviel Ávila Villegas, PRI PRI с 16.09.2011
Rasmiy tili ispan
Aholi (2010) 15 175 862
Zichligi 707,14 kishi./km²
Millatlar tarkibi Metislar, масауа, otomlar, mishteklar, oqlar.
Dinlar tarkibi Katoliklar (91,2 %), protestantlar va evangellar (3,8 %), boshqa nasroniylar(1,6 %), yahudiylar (0,1 %), boshqa dinlar(0,7 %), ateistlar vaagnostiklar (1,8 %).
Maydoni 21 461 km² (25-oʻrin)
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi


 5540 m
Kengligi 20° 17' — 18° 22' N
Uzunligi 98° 36' — 100° 37' E
Vaqt mintaqasi UTC-6
Kod ISO 3166-2 MX-MEX
Pochta indeksi Mex.
Rasmiy sayti http://www.edomex.gob.mx/
Xaritada
Mexiko xaritada
Koordinatalari: 19°21′15″N 99°37′51″W / 19.35417°N 99.63083°W / 19.35417; -99.63083 G O

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil