Michio Kaku (yap. 加來 道雄; 1947-yil 24-yanvarida tugʻilgan) amerikalik nazariy fizik va futurologdir. Torlar nazariyasi sohasidagi hamda fanni ommaboplashtirishga qaratilgan ishlari bilan mashhur.

Michio Kaku
Tavalludi 24-yanvar 1947-yil (1947-01-24) (77 yosh)
San Jose, Kaliforniya, AQSh
Istiqomat joylari Nyu-York, AQSh
Fuqaroligi amerikalik
Sohasi Nazariy fizika
Taʼlimi Harvard universiteti,
Kaliforniya universiteti
Akademik rahbarlari Stanley Mandelstam
Mashhur ishlari Torlar nazariyasi

Asarlari tahrir

Physics of the Impossible tahrir

Physics of the Impossible (Ilojsizlik fizikasi) odamzot orzu qilib kelgan fan haqidadir. Kaku odamlar ilojsiz deb hisoblagan fenomenlarni yoritadi.

Hyperspace tahrir

Hyperspace (Giperfazo) olamdagi toʻrt kuch va oʻlchamlar haqidadir.

Parallel Worlds tahrir

Parallel Worlds (Parallel Olamlar) kitobida parallel olamlar mavjudligi borasida bahs olib boriladi. Kaku shuningdek qora tuynuklar va ilgʻor fizika muammolari haqida hikoya qiladi.

Beyond Einstein tahrir

Beyond Einstein (Einsteindan Oʻtib) fizika haqida koʻproq bilishni istaydigan odamlar uchundir. Kaku asosan Einstein va uning Umumiy Nazariyani keltirib chiqarishga intilgani haqida yozadi.