Miokard infarkti - bu yurak toj arteriyalarining tromb bilan berkilib qolishi yoki ularning siqilishi oqibatida, yurakni muskul

Miokard infarkti

Chap koronar arteriya (LCA) bekilib qolishidan (1) keyingi old devor sohasidagi miokard infarkti (2)
 
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar
Ixtisos Kardiologiya
KXK-10 I21-I22
KXK-9 410
DiseasesDB 8664
MedlinePlus 000195
eMedicine med/1567 emerg/327 ped/2520
Patient UK Miokard infarkti

qavatini qon bilan ta'minlanishini buzilishi natijasida yurak muskul qavatini nekrozga (mahalliy o‘lim) uchrashi. Bu kasallik bilan

45—60 yoshdagi kishilar kasallanadi. Erkaklar ayollarga nisbatan miokard infarktiga ko‘p chalinadilar, 40—50 yoshdagi erkaklar

besh barobar ko‘p kasal bo'lishadi[1]. Keyingi yillarda miokard infarkti kasalligi tobora ko‘payib boryapti. Ayniqsa, 45-60 yoshdagi kishilar o‘rtasida miokard infarkti ko‘p uchramoqda. Erkaklar ayollarga nisbatan miokard infarktiga ko‘p chalinadilar. 40- 50 yoshdagi erkaklar besh barobar ko‘p kasal boiadilar. Ayollar erkaklarga nisbatan o‘rta hisobda 10-15 yil kech kasal boiadilar. 40 yoshga to'lmagan navqiron kishilar orasida ham miokard infarktiga uchraganlar ko‘p. Miokard infarkti aksariyat ateroskleroz, gipertoniya, qandli diabet bilan kasallanganlarda ko‘proq kuzatiladi.

Etiologiyasi va patogenezi tahrir

Miokard infarkti 97-98 foiz bemorlarda yurak toj qon tomiri aterosklerozga chalinganda boiadi. Yurak toj qon tomirining tiqilib qolishiga aterosklerotik pilakchalaming yara bo'lishi, ularga qon quyilishi hamda qonning ivish jarayoni buzilishi sabab boiadi. Yurak toj qon tomirining o‘tkir siqilishi uzoq vaqt davom etsa, miokard infarkti ro‘y beradi. Qonsizlangan miokard infarkti uchastkalari simpatik

nerv tolalarini qo‘zg‘atadi. Miokard infarktining rivojlanishiga aterosklerotik pilakcha kapsulasining yorilishiga sabab bo'ladi. Aterosklerotik pilakcha kapsulasining yorilishiga pilakcha yadrosining nisbatan kattaligi va uning «yumshoq» (hujayra tashqarisida lipidlarning va suyuq xolesterinning ko‘p boiib, kollagenning kamroqligi) boiishi, pilakcha kapsulasining yupqaligi va unda kollagen kamroq bolishi, unda makrofaglar ishtirokida yalligianish rivojlanganligi sabab bo'ladi. Pilakcha yorilgandan so‘ng uning ichidagi moddalar qon bilan qo‘shilib trombotsitlar agregatsiyasi rivojlanadi. Qon ivishi tizimi omillari faollashadi. Fibrin, eritrotsitlar qo‘shilib yaxlit tromb hosil qiladi. Yurak toj tomirining bekilib qolishi miokardning qon bilan ta’minlanishini buzadi. Miokard nekrozi, ko‘proq chap qorincha devorida rivojlanadi. Miokarddagi nekroz tufayli yurakning sistolik va diastolik faoliyati buziladi.

Patologik anatomiyasi tahrir

Miokarddagi nekrozning katta-kichikligiga qarab miokard infarkti katta o ‘choqli yoki kichik o'choqli miokard infarktiga bo‘linadi. Katta bo‘lakchali miokard infarkti: transmural — miokardni kesib o‘tgan nekroz; intramural — miokard oralig‘idagi katta bo‘lakchali nekroz kuzatilishi mumkin. Kichik bo‘lakchali miokard infarktiga quyidagilar kiradi: subepikardial (nekroz miokardning epikardga tekkan joyida bo‘ladi), subendokardial (nekroz miokardning endokardga tekkan joyida bo‘ladi); miokard infarkti. Miokarddagi nekrozning joyiga qarab infarkt quyidagicha ataladi. Yurakning old

devori, pastki orqa diafragmal uchi, orqa devori, yon devori va orqa — to‘siq devor infarkti. Miokard infarkti ko‘pincha yurakning chap qorincha devorida bo‘ladi. Yurakning o‘ng qorincha devorida infarkt juda kam uchraydi. Miokard infarkti birinchi navbatda chap qorinchaning oldingi devorida, so‘ng orqa devorida kuzatiladi. Miokard infarktidan o‘lgan kishilar yuragi tekshirilganda toj tomiri ateroskleroz kasalligi bilan og'riganligi aniqlanadi. Yurak miokardida uchta doira (zona)da o‘zgarish borligi ko‘riladi.

Klinikasi tahrir

 
Miyokard infarktida og'riq zonalari: to'q qizil - odatiy hudud, ochiq qizil - boshqa mumkin bo'lgan joylar

Bemorning miokard infarkti boshlanishidan oldingi ahvoli quyidagicha bo‘ladi: Bemor yuragi oldida ilgari bo‘lmagan tez-tez og‘riqni seza boshlaydi. Stenokardiyaning birlamchi xurujida: ilgari bo‘lib yurgan stenokardiya xuruji davomli, kuchli og‘riq bilan o‘tadi. Og‘riq xurujlari faqat

zo‘riqqanda emas, balki tinch turganda ham bo'Iaveradi. Nafas qisishi, hansirash, yurakning notekis urishi, holsizlik qo‘shiladi. Bunday bemor

kardiologiya bo‘limiga yotqizib davolansa, unda miokard infarkti rivojlanmasligi, miokard infarkti sodir bo‘Igan taqdirda ham infarkt

hajmi kichik o‘choqli bo‘lishi mumkin. Miokard infarktining boshlanishiga, undagi belgilarning rivojlanishiga qarab quyidagicha klinik xillami ajratish mumkin.

Miokard infarktining og‘riq bilan kechadigan xili tahrir

Klinikasi tahrir

O‘tkir davri. Miokard infarkti asosan yurak sohasida bo‘ladigan qattiq og‘riq bilan boshlanadi. Shu belgini tekshirgan olimlardan A. L. Sirkin (1991) 94% kasallarda, F.I.Komarov va boshqalar 86-95% kasallarda miokard infarkti og‘riq bilan boshlanadi, deb ko‘rsatishgan. O g‘riq kuchli bo‘ladi. Bemor ko‘pincha chidolmaydi. Ba’zan og'riqqa chidab, o'zicha dori ichgan bemorlar ham bo‘ladi. Og‘riqni har xil ta’riflashadi. Ba’zilar «ko‘kragimga go‘yo qizigan temir bosishyapti» desalar, ba’zilar esa «go‘yo ko'krak qafasimda ot tuyoqlari bilan turibdi» deydilar. Og‘riq uzoq — bir necha soatdan bir-ikki kungacha davom etadi.

Obyektiv ma'lumotlar: bemoming rang-ro‘yi oqaradi, terisi nam, sovuq, ho'l boiib, terlaydi. Nafas olishi o‘zgarmaydi. Yurak urishi bir daqiqada 100-120 marta bo'lishi mumkin. Arterial qon bosimi kasallikning boshlanishida birinchi kuni ozroq ko‘tariladi, keyin pasayadi. Yurak tonlari bo‘g‘iq eshitiladi. Ba’zi kasallarda yurak cho‘qqisida sistolik shovqin eshitiladi, bular yurak mushaklarining qisqarish faoliyati kuchsizlanganidan dalolat beradi. Miokard infarktining birinchi kunlarida yurak oldi xaltasining quruq yalligianishida eshitiladigan shovqin eshitiladi. 90-95 foiz hollarda ekstrasistoliya boiadi. Miokard infarktining katta-kichik o'choqligiga qarab bemorning tana harorati 37-38° C gacha ko‘tariladi. Miokard infarktida yurakning mushak tolalari o‘rnida har xil nekrozga uchragan moddalar hosil bo'lib , qonga so‘riladi. Bunga javoban badanda yalligianishga xos jarayon rivojlanadi (qonda leykotsitlar, fermentlar ko‘payishi).

Miokard infarktining o ‘rtacha o‘tkir davri bir haftadan 30 kungacha davom etadi. Bemoming ahvoli yaxshilana boshlaydi, bemor xavf-xatarli kunlar o ‘tganini sezadi, yotgan joyida faolligi oshadi. Infarktdan keyingi stenokardiya xurujlari boiib turishi mumkin. Qon bosimi bir me’yorda bo‘ladi.

Miokard infarktidan keyingi davr. Bemor ahvoli yaxshilanadi, faol yuradi, vaqti-vaqti bilan yurak atrofida og‘riq sezib qoladi, qon bosimi, pulsi me’yorda bo'ladi. Yurak urishlari bir tekis bo'lib , ba’zan ekstrasistoliya kuzatiladi. Umuman, bu davrda yurak ishemik kasalligining surunkali xili har xil kechadi. Asoratlar kam rivojlanadi. Yurak miokardidagi nekroz o‘choq o'rnida asta-sekin chandiq paydo boiadi. Klinik manzarasi barqaror boiib, aseptik yallig'lanish belgilari tugaydi. Bu davr 1 oydan 3 oygacha davom etadi. 

Miokard infarktining gastralgik xili. Miokard infarktining qorin bo‘shlig‘i a’zolari kasalligiga xos belgilari boigan (gastralgik) xili qorinning yuqori qismida og‘riq, ko'ngil aynishi, qusish, kekirish, hiqichoq tutishi, qorinning dam bo'lishi, ich ketishi bilan kechadi. Qorin sohasida paydo boigan og‘riq kurakka, kuraklar oralig'iga, to‘sh oldi qismiga tarqaladi, bemorning umumiy ahvoli yomonlashadi, ko‘ngli behuzur boiadi. (Me’da yarasi, xolesistit, pankreatitdan farq qilish kerak.)

Miokard infarktining astmatik xili. Miokard infarkti 20% kasallarda, ko‘pincha qariyalarda, nafas yetishmasligi, hansirash bilan boshlanadi. Chap qorinchaning o‘tkir yetishmovchiligi bu holga olib keladi. Yurak astmasi, o‘pka shishi rivojlanadi. Ilgari bir marta infarktni boshdan o‘tkazgan, gipertoniya kasalligiga chalingan kishilarda yuqorida keltirilgan ahvol bo'ladi. Kasallikning astmatik xili nihoyatda og'ir kechib, yurak-tomirlar tizimining surunkali yetishmovchiligiga olib keladi. Bemorlarning 40-60% ida ko‘ngilsiz voqealar sodir boiadi.

Miokard infarktining aritmik xili hayot uchun xavfli bol'ib , yurakning notekis, maromsiz urishlari bilan boshlanadi. Titroq aritmiya, qorincha ekstrasistoliyasi, turli darajadagi blokadalar, paroksizmal taxikardiya, ko‘proq qorincha xili rivojlanishi mumkin. Miokard infarkti boshlanishi bilan xavfli aritmiyalar paydo bo'lib , bemorning ahvolini tang qilib qo‘yadi va ko‘pincha o'limga olib keladi. Yurakning notekis urishini bemor tez sezadi. U yurak urishi, ko‘kragiga tiqilishi, hansirash, holsizlikdan shikoyat qiladi. 

Miokard infarktining serebrovaskulyar xili. Miokard infarktining miyada qon aylanishining buzilishi bilan kechadigan xili (serebral xili) boshlanishida bemorning psixikasi o‘zgaradi, boshi aylanadi, hushidan ketishi mumkin. Miyada qon aylanishining buzilishiga miokard infarkti tufayli yurak qonni hayot uchun zarur a’zolarga yetkazib berolmasligi sabab boiadi. Miokard infarktining bu xili yurakning notekis urish xili bilan birga uchrashi mumkin.

Miokard infarktining belgisiz xili. Bemorlar ba’zan miokard infarktini boshdan o‘tkazganliklarini bilmaydilar. Boshqa sabab bilan EKGda tekshirilganda miokard infarkti o‘tkazilganligiga xos o‘zgarish (chandiq) topiladi. Ba’zan miokard infarktiga xos klinik belgilar juda kam boiadi. Har qachongidek yurak sohasida stenokardiya xurujiga

xos og‘riq, qisqa muddatli hansirash, bilinar-bilinmas bo‘shashish bo‘lib o‘tganini bemorlar eslab qololmaydilar. Keyinchalik EKGda tekshirilganda miokard infarkti aniqlanadi.

Uzoqqa cho‘zilgan miokard infarkti. Ko‘pincha miokard infarktining o‘tkir xuruji davri bir necha o‘n daqiqadan bir necha soatgacha, hatto 1-2 kungacha davom etadi. Ba’zan miokard infarktining o‘tkir davri bir necha kun bo‘ladi. Shu davrda nekroz doirasi miokardda tarqaladi, kattalashadi. Uzoqqa cho‘zilgan miokard infarktida esa nekroz o‘chog‘i paydo bo‘lib, rivojlanishi 48-72 soatga cho‘ziladi.

M iokard infarktining takrorlanishi. Miokard infarktini boshdan o'tkazgan bemorlar infarkt bilan takroran kasal boiishlari mumkin. Takror infarkt deb, birinchi marta miokard infarktini o‘tkazgandan keyin 8-12 hafta ichida m iokardda paydo bo'ladigan yangi nekroz o‘choqlariga aytiladi. A .L .Sirkin (1981) rivojlangan miokard infarktidan 72 soatdan keyin 8 hafta ichida sodir boiadigan yangi miokard infarkti o‘choqlarini takroriy miokard infarkti deb hisoblaydi. Takroriy miokard infarktiga chalingan bemorlarning ahvoli og‘ir bo'ladi. Ularda yurak-tomirlar yetishmovchiligi, yurakning maromsiz urishi rivojlanadi.

Qiyosiy tashxisi tahrir

Shunday yurak-tomir kasalliklari borki, ular miokard infarktining klinik manzarasiga o'xshab ketadi. Ularni yurak infarktidan ajrata bilish lozim. Aorta tomiri qavatlari orasiga qon quyilish kasalligida, to‘sh suyagi orqasida, ko'krakning oldingi qismida og‘riq bo'lib, bu og‘riq bemorning beliga, qomiga, orqasiga tarqaladi. Og‘riqning shiddat bilan

boshlanishi, tarqalishi miokard infarktidan farq qiladi. Tomir urishini paypaslab topib bo'lmaydi, panjalarining rangi ko'kimtir, qon bosimi tushib ketadi. Hansiraydi, hushidan ketadi. Dori-darmon yordam qilmaydi. 

Miokard infarktining asoratlari.

I. Miokard infarktining o'tkir davrida 10-15% kasallarda shok kuzatiladi. Yurak miokardi shikastlanishi tufayli shok uch xil bo'ladi.

1. Reflektor.

2. Haqiqiy.

3. Aritmik yurakning maromsiz urishi tufayli.

Shok diagnozini qo'yishda quyidagi belgilarga tayansa bo'ladi:

1. Arterial qon bosimining past bo‘lishi, sistolik bosimning 80 mm simob ustuniga, diastolik bosiinning 50-40 mm sim. ust. ga teng yoki undan kam bo‘lishi, qon bosimi yuqori boigan kishilarda, qon bosimi shok boiganda 95-120 mm sim. ustuniga tushib ketishi. Arterial qon bosimi umuman aniqlanmasligi mumkin.

2. Puls qon bosimi 30 mm simob ustunidan tushib ketadi.

3. Siydik miqdori juda kamayib ketadi (oliguriya).

4. Bemorning yuz terisi, badani oqarib ketadi, sovuq yopishqoq ter chiqadi. Tomir urishi zo‘rg‘a aniqlanadi yoki aniqlanmaydi. Shok keltiruvchi sabablardan asosiysi yurak qisqarish

faoliyatining birdan yetishmovchiligidir. Miokard infarkti tufayli bo'lgan nekroz bunga sababchidir. 

Davosi tahrir

Miokard infarktining davosi maxsus tez yordam mashinalar brigadasida, shifoxonalarda, poliklinikada, sihatgohlarda o‘tkaziladi. Bemomi kasalxonaga keltirguncha unga tezlik bilan yordam ko‘rsatish zarur. Og‘riq qoldiruvchi, yurak urishi tezligini pasaytiruvchi dorilar qo‘llaniladi. Bemor shifoxonaning reanimatsiya bo'limiga yotqiziladi. O‘rinda qimirlamay yotish, psixik, jismoniy osoyishtalik ta’min etiladi. Og‘riqni qoldirish uchun teri ostiga 1 ml 2% li promedol. 1-2 ml 1% li morfin (morfinning qo‘shimcha ta’siriga yo‘l qo‘ymaslik uchun

0,5 ml 0,1 % li atropin sulfat) yuborish lozim. Morfinning kuchini oshiruvchi 1 ml 2,4% li pipolfen yoki 1% li dimedrol, suprastin eritmasini 50% li 2 ml analgin bilan yuborish maqsadga muvofiq bo‘ladi[2]

Yana qarang. tahrir

Manbalar tahrir

  1. Y. L. Arslonov , T. A Nazarov A. A. Bobomurodov. Ichki kasalliklar. ILM ZIYO - 2013. 
  2. Oʻ. Sharopov, F. Gʻafforova. Ichki kasalliklar. Yangi asr avlodi 2006.