Xose Ignasio Fernandes Iglesias (ispancha: José Ignacio Fernández Iglesias; 18-yanvar 1990, Madrid), Nacho nomi bilan ham taniqli (ispancha: Nacho) — Ispaniyalik futbolchi Real Madrid va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi.Ko'pincha Nacho degan isim bilan mashhur.

Xose Ignasio Fernandes Iglesias
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi José Ignacio Fernández Iglesias
Tavallud sanasi 18-yanvar 1990-yil (1990-01-18) (34 yosh)
Tavallud joyi MadridIspaniya bayrogʻi Ispaniya
Boʻyi 180 sm
Ampluasi himoyachi
Laqabi Nacho
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Nacho Fernández Real Madrid
Raqami 6
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999-2001
2007-2008
Komplutense
Real Madrid
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009 — hz.
2011 — hz.
Real Madrid Kastilya
Real Madrid
(93 (4)
2 (0))
Milliy terma jamoa
2006 — 2007
2008 — 2009
2011 — hz.
Ispaniya U-17
Ispaniya U-19
Ispaniya U-21
(11 (0)
9 (2)
1 (0))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Biografiya tahrir

„Real Madrid“ jamoasi maktabi tarbiyalanuvchisi, u 11 yoshida kelib qoʻshilgan. Nacho 2008/2009 mavsumda rezerv jamoada Segunda B ligasi uchrashuvida debyut qildi va oʻsha mavsumda ikkita oʻyin oʻtkazdi. Jami u Segundada ikki mavsumni toʻliq oʻtkazdi. 2011-yil 23-aprelda Ispaniya chempionati oʻyini doirasida kechgan Valensiyaga qarshi oʻyinda u birinchi jamoada ham debyut qildi. Oʻsha oʻyinda Nacho maydonda toʻliq harakat qildi va „Real“ 6:3 hisobida gʻalaba qozondi[1]. Ikkinchi oʻyini bir hafta oʻtib „Real Saragosa“ga qarshi kechdi va kutilmaganda „Real Madrid“ raqibiga imkoniyatni boy berib qoʻydi[2].

2011-yil yozida Shimoliy Amerika boʻylab oʻtkazilgan turneda Nacho ham qatnashdi. U turneda „Los-Anjeles Gelaksi“, „Gvadalaxara“ va „Filadelfiya Yunion“ jamoalarga qarshi kechgan oʻyinlarda maydonga tushdi. 2012-yilning 2-sentabrida rasman 27-raqamli libosni qabul qildi[3], lekin Joze Mourinyo talabiga bionan bir qancha vaqt ikkinchi jamoada qoldi[4].

Ispaniya oʻsmirlar terma jamoasida 2007-yilda oʻtkazilgan 17 yoshgacha Yevropa chempionati chempioni boʻldi, shu yilning oʻzida jahon chempionati kumush medalini ham qoʻlga kiritdi.

Shahsiy hayoti tahrir

Uning ukasi Aleks ham futbolchi hisoblanadi.

Izohlar tahrir

  1. Madrid continue impressive form (Wayback Machine saytida 2012-10-26 sanasida arxivlangan); ESPN Soccernet, 23-aprel 2011-yil
  2. Zaragoza dent Real title dream[sayt ishlamaydi]; ESPN Soccernet, 30-aprel 2011-yil
  3. Nacho Fernández joins the dynamics of the first team
  4. Mourinho: We have a squad of 23 players and they all are important

Havolalar tahrir