Nahl surasi (arabcha: سورة النحل, nomining maʼnosi — Asalari[9][10]) — Qurʼonning 16-surasi. Makkiy suralardan biri, 128 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 267–281[11]-sahifasida va 14-juzida joylashgan. 70-boʻlib nozil boʻlgan.

Isro    16–sura   Hijr
Nahl surasi — سورة النحل
Qurʼon nusxalaridan biridagi Nahl surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 128, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 16, qora rangda - Nahl surasi va Makkiy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 70, 3. Rukuʼsi soni - 16; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Makkiy, 2. Tilovat tartibi:16, 3. Nozil boʻlish tartibi:70, 4. Rukuʼsi:16, 5. Oyati:128, 6. Porasi (Juzi):14 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Asalari[1][2]
Tasnifi Makkiy sura[3]
Statistika
Sahifasi 267–281[4]
Juz 14
Sura raqami 16
Oyatlar soni 128
Sajda oyati 50-oyat[5]
Rukuʼlar soni 16[6]
Muqattaot harflari yoʻq[7]
Soʻzlar soni 1845
Harflar soni 7642
Nozil boʻlish tartibi 70[8]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Isro surasi  Keyingisi 16 Oldingisi  Hijr surasi
Nozil boʻlish tartibi
Nuh surasi   Keyingisi 70 Oldingisi  Kahf surasi
                                   

Asosiy maʼnosi tahrir

Bu surada qiyomat soati yaqinlashib qolgani haqida xabar berish bilan boshlanadi. Soʻngra Tangri taolo oʻzining yakka-yolgʻiz ekani, yerdagi jonli-jonsiz butlar Unga sherik boʻlolmasliklari xususida ogohlantiradi va yeru osmonlar, dengizlar, togʻlar, vodiy va vohalar, osmondan tushib yerni koʻkartirayotgan yomgʻir, yerdan unib chiqib, osmonga intilayotgan nabotot, dengizlarda suzib borayotgan kemalar, kechalarda yoʻlovchi musofirlar uchun mayoq boʻlgan yulduzlar va xususan bir tomchi suvdan yaralib butun borliqdan aziz va mukarram boʻlgan inson — bularning barchasi bir dono va bilimdon Yaratguvchi Zot borligiga dalolat qilib turishi toʻgʻrisida uqtiriladi. Soʻngra Alloh taolo ato etgan behisob neʼmatlarning shukrini ado qilish lozimligi, kufroni neʼmat qilgan koʻrnamak kimsalarning oqibati halokat ekanligini bayon qiluvchi oyatlar keltiriladi. Sura nihoyasida paygʻambar alayhis-salom va u kishining ummatlariga Allohning diniga ilmu hikmat va chiroyli pand-nasihat qilish bilan daʼvat etish hamda bu daʼvat yoʻlida chekiladigan jabru jafolarga sabr-toqat qilish amr etiladi. Tangri taoloning ojiz va moʻʻjiz maxluqi boʻlmish asalari xususida, uning ibratli hayot tarzi haqida hikoya qiladigan oyatlar oʻrin olgani uchun u „Nahl“ — „Asalari“ surasi deb atalgandir.

Manbalar tahrir

  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Qurʼonda sajda oyati belgisi qoʻyilgan oyatlar raqami.
  6. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  7. Qurʼondan koʻrilgan.
  8. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  9. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  10. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  11. 604 sahifali Qurʼonda.

NAHL SURASI (Wayback Machine saytida 2012-06-30 sanasida arxivlangan)

Keyingisi: Isro surasi   16-sura — arabcha matni Oldingisi: Hijr surasi