Oltoy Respublikasi — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Maydoni 92,6 ming km². Aholisi 202,9 ming kishi (2002). Poytaxti – Gorno Altaysk shahri. Maʼmuriy jihatdan 9 tuman (rayon), 1 shahar, 2 shaharchaga boʻlinadi. Respublika boshligʻi lavozimi taʼsis etilgan. Parlamenti Davlat majlisi – El Qurultoyi deb ataladi. Hukumatga Respublika boshligʻi raislik qiladi. Aholisi oltoylar (31%), ruslar (60,4%), qоzоqlar (5,6%), ukrainlar va boshqa Shahar aholisi 27%.

bayroq

Tabiati tahrir

Oltoy Respublikasi Oltoyning baland togʻli janubiy qismini egallaydi. Respublikada Oltoyning eng bal. nuqtasi – Beluxa togʻi (4506 m) joylashgan. Togʻ tizmalari (Katun, Kuray, Shimoliy va Janubiy Chuya) oraligʻida chuqur vodiylar yoki keng soylik ("dasht")lar bor. Iklimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –12° dan –32° gacha, iyulniki 9–18°. Yillik yogʻin 100 mm dan 1000 mm gacha. Daryolari: Biya va Katun. Ularning gidroenergiya zahirasi katta. Biya daryosida yogʻoch oqiziladi. Yirik koʻli – Telets (Oltinkoʻl). Tuprogʻi qora va togʻ-podzol tuproq. Hududining 25% oʻrmon. Oʻrmondan yuqorida subalp va alp oʻtloklari bor. Yirik soyliklarda togʻdasht yoki chala choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Togʻ echkisi, qoplon, ayiq, boʻri, los, xoldor bugʻu, kulrang sugʻur, uzun dumli yumronqoziq, tiyin, sobol; qushlardan turna, karqur, pishchuxa, qur, chil, oq va tundra kakligi yashaydi. Telets koʻli atrofida Oltoy va Katun qoʻriqxonalari tashkil etilgan. Chemal togʻ-iqlimiy kurorti mashhur. Telets koʻlida turizm rivojlangan.

Tarixi tahrir

Oltoy hududida qadimdan odam yashagan. Quyi va yuqori paleolit davrlariga oid manzilgohlar (Ulalinka, U-Kan) topilgan. Bu yerlardan hunnlar, turk qabilalari, uygʻurlar, Enasoy qirgʻizlari, qoraxitoylar, moʻgʻullar oʻtgan. 13-asr boshlarida Oltoy hududi Moʻgʻullar davlatiga tobe boʻlgan. 1756-yilda oltoylar Rossiya fuqaroligiga olingan. Aholi chor-vachilik, ovchilik bilan shugʻullangan. 1918-yil yanvar– martda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. Oʻsha yil iyunida oq gvardiyachilar qoʻliga oʻtdi. 1920-yil aprelda shoʻrolar hokimiyati qayta tiklandi. 1922-yil 1-iyunda RSFSR tarkibida Oyrot mux-tor viloyati tashkil etildi. 1948-yil 7-yanvarda u Togʻli Oltoy muxtor viloyatiga aylantirildi, uning markazi – Oyrot-Tura shahri esa, Gorno-Altaysk deb ataldi. 1991-yilda respublika maqomini oldi va 1992-yil maydan Oltoy Respublikasi deb atala boshladi.

Iqtisodiyoti tahrir

Sanoatining muhim tarmoqlari: oziq-ovqat, yengil sanoat, oʻrmon va yogʻochsozlik, konchilik, qurilish materiallari sanoati va boshqa Gorno-Altaysk shahrida goʻsht, yogʻ-pishloq, sut, tikuvchilik, poyabzal korxonalaridan tashkari tajriba yogʻochsozlik kombinati, samovar, temir-beton buyumlari, avtomobil taʼmirlash zavodlari bor. Maysk va Talon shaxdrchalaridagi ruda konlarida oltin kazib olinadi. Chemal GES qurilgan.

Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi – chorvachilik. Koʻy, echki, qoramol, oltoy otlari va togʻli dasht joylarda qoʻtos, shoxidan doridarmon olinadigan bugʻular (maral va xoldor bugʻular), Chuya vodiysida tuyalar boqiladi. Asalarichilik rivojlangan. Tiyin, oq sichqon, tulki, kolonok, sobol, norka kabi moʻynabop jonivorlar ovlanadi. Togʻ oraligʻi va dare vodiylarida dehqonchilik qilinadi: suli, arpa, makkajoʻxori, kungaboqar, oʻtlar ekiladi. Bogʻdorchilik bir-muncha rivojlangan.

Biysk shahri (Oltoy oʻlkasi)dan Mongoliya chegarasigacha boradigan transport magistrali – Chuya trakti (621 km) Oltoy hududidan oʻtadi.

Madaniyati tahrir

1992/93 oʻquv yili respublikada 199 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, ularda 37 ming bola oʻqidi; 5 oʻrta maxsus oʻquv yurtida 3,9 ming oʻquvchi, ped. institutida 3,1 ming talaba taʼlim oldi. 6 ilmiy tadqiqot instituti (jumladan, tarix, oltoy tili va adabiyoti ilmiy tadqiqot institutlari), 147 jamoat kutubxonasi, 253 klub muassasasi, 253 kino qurilma, milliy drama teatri, filarmoniya, oʻlkashunoslik muzeyi bor. Oltoy tilida "Altaydin cholmoni" ("Oltoy yulduzi", 1922-yildan) va rus tilida "Zvezda Altaya" gaz.lari chiqadi. Oltoy radiosi oltoy va rus tillarida eshittirish beradi.

Adabiyoti tahrir

Oltoy qabilalarining xitoy va jungʻar bosqinchilariga qarshi kurashi, baxt-saodat haqidagi orzu-umidlarini ifodalovchi qahramonlik eposlari, qoʻshiq, ertak, afsonalar, maqol, topishmoqlar toʻqilgan. 19–20-asrlarda M. Yutkanakov, Sh. Shunekov, N. Ulagashev kabi baxshilar, M.V. Che-valkov kabi maʼrifatchilar mashhur boʻlgan. 20-asrning 20-yillarida yozuvchi M. V. Mundus-Edokov ("Qayliq", "Moziyda va hozirda" pyesalari), shoir P. A. Chagat-Stroyev ("Dono bahodir" va "Qo-raqoʻroʻm" dostonlari) va boshqa barakali ijod qildilar. 30–40-yillarda P. V. Kuchiyak xalq hayotini tasvirladi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati tahrir

Oltoy hududida miloddan avvalgi 2-ming yillikka oid koʻhna shahar harobalari, istehkomlarning qoldiklari saqlanib qolgan. Qoyalarda hayvon, qushlarning tasvirlari, ov manzaralarini uchratish mumkin. Qadimgi koʻchmanchilarning miloddan avvalgi 5– 3-asrlarga mansub koʻplab amaliy sanʼat namunalari topilgan. Qadimgi namat, guldor gilam toʻqish, kashtachilik anʼanalari hamon davom etib keladi[1].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil