Outlook ExpressMicrosoft kompaniyasi tomonidan elektron pochta va habarlar guruhi bilan ishlash uchun yaratilgan programma.

Outlook Express
Ishlab chiqaruvchiMicrosoft
Eng so‘nggi versiyasi6.00.2900.2180 (Windows XP SP2) / 3-avgust 2004-yil
Operatsion sistemaMicrosoft Windows,Windows NT, Mac OS
JanrE-mail client, News client
Vebsayt:Outlook Express

Outlook Express Windows operatsion sistema sining Windows 95 OSR 2.5, Windows NT va Internet Explorer brauzer ining 4.0 versiyasidan boshlab birga etkazilib beriladi. Mac OS «klassik» versiyalari uchun ham Outlook Expressning variantlari mavjud (Mac OS X versiyasi uchun Microsoft — Microsoft Entourage ni yaratgan, u Macintosh uchun yaratilgan Microsoft Office tarkibiga kiradi).

Outlook Express nomi bu programma Microsoft tomonidan yaratilgan organayzer Microsoft Outlook ning «engillashtirilgan» varianti deb taxmin qilish mumkin. Umuman olganda ushbu ikki programma bir bir biridan farq qiladi. Outlook Outlook Expressdan farqli habarlar guruhi bilan ishlash funksiyasiga ega emas.

Tarix tahrir

Windows Vista bilan etkaziladigan Outlook Expressning yangi versiyasi Windows Mail deb nomlanadi.

2007-yil 30-mayda Microsoft Windows Live Mail yangi pochta klientining beta-versiyasini ishlab chiqdi, u Outlook Express shuningdek Windows Mail oʻrnini bosishi kerak. Windows Vista menejeri Nick White soʻzlariga koʻra Windows Live Mail butunlay yangi interfeysga ega, Windows Live stiliga mos qilib yaratilgan.

Yana qarang tahrir

Havolalar tahrir