Plunjer (ing. plunge — shoʻngʻimoq, botmoq) — porshenning bir turi; silliq sirti yaxlit silindrik jism; uzunligi diametriga nisbatan katta. Yonilgʻi nasosidya yonilgʻini yuqori bosim ostida haydash uchun ishlatiladi.

Plunjer
Porshen

Bunda P. yonilgʻi sizmasligi uchun gilza bilan birga (ularni bir-biriga ishqalab) tayyorlanadi; ular P. jufti deb ataladi. P. nasoslar (rasmga k,.), gidravlik presslar va koʻtargichlar, gidroyuritma zolotniklari va boshqalarda qoʻllaniladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil