Pashtunlar, pashtular — 1) Afgʻonistondan tashqarida (asosan, Pokistonda) yashovchi afgʻonlarning etnik nomi (ilgarigi nomi — patanlar). Umumiy soni — 50 mln.ga yaqin (2011). Pashtu tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, sunniy musulmonlar, oz qismi shialar. Pashtunda qabila va xellarga (qabiladan kichik, to urugʻgacha boʻlgan birlik) boʻlinish saqlangan. Eng yirik qabilalar: Xaybar dovoni atrofida afridiylar, momandlar, orakzoylar; Peshovar shimolida yusufzoylar, janubi va gʻarbida bangashlar, xattaklar, soʻngra vazirlar; Shimoliy Balujistonda — kakarlar yashaydi va boshqa Asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik, yaylov chorvachiligi; bir qismi koʻchmanchilar. Pashtunlar boy folklorga ega, turli raqs va ashulalari mavjud. Pashtu tilida adabiyot rivojlanmoqda. Pashtun tarixi XX asrgacha afgʻonlar tarixi bilan uzviy bogʻliq; 2) afgʻonlar oʻzlarini Pashtun deb atashadi.[9]

Pashtunlar
پښتانه
Paṣ̌tun
[[Fayl:
|300px]]
Pashtunlar
Umumiy aholi soni

49 million (2009)

Katta aholiga ega mintaqalar
 Pokiston 29,342,892 (2012)
 Afgʻoniston 12,776,369 (2012)
 BAA 338,315 (2009) [1]
 AQSh 138,554 (2010) [2]
 Iran 110,000 (1993) [3]
 Buyuk Britaniya 100,000 (2009) [4]
 Germaniya 37,800 (2012) [5]
 Kanada 26,000 (2006) [6]
 Hindiston 11,086 (2001)
 Rossiya 9,800 (2002) [7]
 Avstraliya 8,154 (2006) [8]
 Malayziya 5,500 (2008)
Tojikiston bayrogʻi Tojikiston 4,000 (1970)
Tillar
Pashtu shuningdek Urdu, Dariy
Dinlar
Islom (Sunniy)

Manbalar tahrir

  1. „United Arab Emirates: Demography“. Encyclopædia Britannica World Data. Encyclopædia Britannica Online. Qaraldi: 15-mart 2008-yil.
  2. 42% of 200,000 Afghan-Americans = 84,000 and 15% of 363,699 Pakistani-Americans = 54,554. Total Afghan and Pakistani Pashtuns in USA = 138,554.
  3. „Ethnologue report for Southern Pashto: Iran (1993)“. SIL International. Ethnologue: Languages of the World. Qaraldi: 5-may 2012-yil.
  4. Maclean, William. „Support for Taliban dives among British Pashtuns“. Reuters (10-iyun 2009-yil). Qaraldi: 6-avgust 2009-yil.
  5. Relations between Afghanistan and Germany (Wayback Machine saytida 2017-01-16 sanasida arxivlangan): Germany is now home to almost 90,000 people of Afghan origin. 42% of 90,000 = 37,800
  6. „Ethnic origins, 2006 counts, for Canada“. 2.statcan.ca (2006). 2019-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-aprel 2010-yil. (Wayback Machine saytida 2009-11-01 sanasida arxivlangan)
  7. Perepis.ru (Wayback Machine saytida 2017-01-16 sanasida arxivlangan) (in Russian)
  8. „20680-Ancestry (full classification list) by Sex - Australia“ (Microsoft Excel download). 2006 Census. Australian Bureau of Statistics. 2008-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyun 2008-yil. Total responses: 25,451,383 for total count of persons: 19,855,288.
  9. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil