Ravshan Ermatov

Oʻzbekistonlik futbolchi va futbol hakami

Ravshan Sayfiddinovich Ermatov — Oʻzbekistonlik professional futbol hakami. U 2000—2019-yillarda Oʻzbekiston Ligasida va 2003-2019 yillarda xalqaro miqyosda ishlagan. FIFA Jahon Kubogining oʻyinlarini 11 marta boshqargani boʻyicha rekordga ega. 2019-yil iyun oyida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-Prezidenti etib tayinlandi. Ushbu tashkilotning birinchi vitse-Prezidenti Oʻzbekiston futbolining amaldagi yetakchisidir. U Oʻzbekiston futbolidagi islohotlarni mamlakat futbolidagi uzoq tanqid va korrupsiya mojarolaridan soʻng boshladi. Inauguratsiya paytida u shunday dedi: „agar barchamiz birlashsak va bitta maqsad uchun ishlasak, biz har qanday qiyinchiliklarni yengamiz“.

Ravshan Sayfiddinovich Ermatov
Равшан Сайфиддинович Эрматов
Tavalludi 9-avgust 1977-yil (1977-08-09) (46 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Mukofotlari

Biografiyasi tahrir

Ravshan Ermatov 1977-yil 9-avgust kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. U FIFA tomonidan 2003-yilda xalqaro hakamlikka tayinlangan.[1] Ravshan Ermatov Kanadada oʻtkazilgan 2007-yilgi FIFA U-20 Jahon Chempionatida hakamlik qilib, Gambiya — Meksika hamda Chili — Kongo oʻyinlarni boshqargan.

Ravshan Ermatov 2008, 2009, 2010 va 2011-yillarda Osiyoning „Eng Yaxshi Hakami“, deb baholandi,[2] va 2008-yilgi FIFA Klublararo Jahon Chempionati finalini boshqarish uchun tanlandi.

2010-yilda Janubiy Afrika Respublikasida boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha jahon chempionatida Janubiy Afrika Respublikasi va Meksika jamoalari ochilish oʻyinini bochqarishi uchun arbitr etib tayinlandi. Shundan soʻng u Angliya — Jazoir, Argentina — Yunoniston, chorak finalda Argentina — Olmoniya, yarim finalda Gollandiya — Urugvay oʻyinlarini boshqardi.

Uning asosiy ishi ham futbol bilan bogʻliq. U futbol instruktori boʻlib ishlaydi. Oʻzbek tilidan tashqari, rus va ingliz tillarini ham biladi.

Ravshan Ermatov Osiyoning „Eng yaxshi hakam“ nominatsiyasida ketma-ket toʻrt marotaba gʻolib boʻlgan qitʼadagi yagona futbol hakamidir. Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi uni 2011-yilda jahonning eng yaxshi hakami, deb eʼtirof etildi. 2014-yilgi jahon chempionatida ham qatnashdi.[3]

2014-yil 25-iyunda Islom Karimov buyrugʻi bilan „El Yurt Hurmati“ ordeni bilan taqdirlanadi.

2019-yil 15-iyunda Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti lavozimi joriy etildi va Ravshan Ermatov ushbu lavozimga tayinlandi.

2020-yil 8-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi[4].

2023-yilda Ermatov OFK ijroiya qoʻmitasining markaziy zona vakili etib saylangan.[5][6]

Qiziqarli maʼlumot tahrir

Ravshan Ermatov hakamlarni mina izlovchi sapyorlarga oʻxshatadi. „Men hakamlarni mina izlovchi sapyorlarga oʻxshataman. Sal notoʻgʻri harakat minaning portlashiga olib keladi“, — deydi.[7] Guinness rekordlar kitobiga „Jahon chempionatlarini eng koʻp boshqargan hakam“ sifatida kiritilgan.

Mukofotlari tahrir

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir