Restoran tanqidchisi — ommaviy ovqatlanish joylari to‘g‘risida professional taqriz yozuvchi kulinariya va restoran biznesi bo‘yicha mutaxassis. Odatda, restoranlar, barlar va kafelar haqida taqrizlarni e‘lon qiluvchi biror-bir davriy bosma (gazeta, jurnal) yoki internet-nashr xodimi (jurnalist) yoki kolumnisti bo‘ladi. Uning qiziqishlari doirasiga oshxonaga berilgan baho, vinolar kartasi, xizmat ko‘rsatish darajasi, interyer va ovqatlanish joyidagi umumiy muhit kiradi. Restoranlar haqidagi taqrizlar restoranlar bo‘yicha yo‘llanma sifatida alohida nashr bo‘lib nashr etilishi ham mumkin.

Shuningdek, kulinariya tanqidchilari va kulinariya yozuvchilari ham bo‘lib, ular u yoki bu taom haqida ta’rif va taqriz yozish, taomlarning tayyorlanishidagi o‘ziga xosliklar haqida yozishadi, ammo butun bir ovqatlanish joyiga baho berish bilan shug‘ullanishmaydi.

Qiziqarli ma‘lumotlar tahrir

  • 2003-yili italiyalik restoran tanqidchisi Eduardo Raspelli (italyancha: Edoardo Raspelli) “McDonald’s” tezkor ovqatlanish restoranlaridagi taomlarning sifatini keskin tanqid qilib chiqdi. U Big Makni “mollar ovqati” deb atagan bo‘lsa, kartoshka-frini “qog‘oz hidini beruvchi taom” degan. “McDonald‘s” yuristlari kompaniya yetkazilgan zararni 20 million dollarga baholab, italiyalikni sudga berishgandi[1].
  • 2004-yili, 16-yil davomida “Michelin” restoran gidining inspektori sifatida ishlab kelgan Paskal Remi (fransuzcha: Pascal Rémy) “L’inspecteur se met a table” (Inspektor stolga o‘tirganda) nomli kitobni e’lon qildi. Kitob tez orada katta janjalga sabab bo‘ldi. Muallifning tasdiqlashicha, dunyodagi eng nufuzli restoran gidi baho berishda xolis emas, restoranlar esa aslida loyiq bo‘lmasalar-da, yulduzchalar bilan taqdirlanadilar. Kitob sotuvga chiqqanidan ko‘p o‘tmay Paskal Remi “Michelin”dan haydaldi[2].

Manbalar tahrir