Sandy Hook maktab otishmasi 2012-yil 14-dekabrida AQShning Connecticut shtatida, Newtown shahri yaqinidagi Sandy Hook (talaffuzi: Sendi Huk) qishlogʻidagi boshlangʻich maktabda sodir boʻldi. Adam Lanza ismli shaxs 20 nafar maktab oʻquvchisi va 6 pedagogni va oʻzini oʻtochar quroldan otib oʻldirdi.[1] Bungacha u uyda onasi Nancy Lanza'ni otib oʻldirgan edi.[2] Bu hodisa AQSh tarixida 2007-yilgi Virginia Tech otishmasidan keyingi ikkinchi eng koʻp qurbonli maktab otishmasi boʻldi. Qurbonlar orasida Lanza'ning onasidan tashqari 6—-7 yoshgacha boʻlgan 12 nafar qiz va 8 nafar bola hamda taʼlim muassasasining 27 yoshdan 56 yoshgacha boʻlgan olti nafar xodimi bor.[3]

Qora: qotil uyi
Qizil: otishmalar joyi

Prezident Barack Obama ommaviy qotillik sabab butun AQSh hududida toʻrt kunlik motam eʼlon qildi.[3]

Barack Obama fojea yuzasidan soʻzlagan nutqi.

Manbalar tahrir

  1. Miguel Llanos.. „Authorities ID gunman who killed 27 in elementary school massacre“. Associated Press (14-dekabr 2012-yil). Qaraldi: 14-dekabr 2012-yil.
  2. Richard Esposito, Candice Smith, and Christina Ng.. „20 Children Died in Newtown, Conn., School Massacre“. Associated Press (14-dekabr 2012-yil). Qaraldi: 14-dekabr 2012-yil.
  3. 3,0 3,1 „Коннектикутдаги оммавий қотиллик қурбонлари рўйхати эълон қилинди“. 21-dekabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2012.

Havolalar tahrir