Skrillex (talaffuzi: Skrilleks), asl ismi Sonny John Moore (talaffuzi: Sonni Jon Mur; 15-yanvar, 1988) amerikalik musiqachidir. Avvaliga emo va metalcore kabi janrlarda ijod qilgan Sonny Moore 2008-yildan dubstepga koʻchdi,[1] Amerika Qoʻshma Shtatlarida tezda mashhur boʻlib ketdi, odatda tor doiralarda tinglanadigan dubstepni ommaboplashtirishga xizmat qildi.

Skrillex

Skrillex (2011)
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 15-yanvar 1988-yil (1988-01-15) (36 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Guruh From First to Last, Korn, Kaskade, Zedd, Porter Robinson, Madeon, Ellie Goulding, Sirah, Kill The Noise, Alvin Risk,
Janr Brostep, Dubstep, Electronic, Emo
Amplua DJ, qoʻshiqchi, gitarachi
Faoliyat yillari 2002 — bugun
Veb-sayt www.skrillex.com

Biografiya tahrir

Sonni 1988 — yilda Los Anjelesda tavallud topgan. Asrab olgan ota-onasi Frensis Mur hamda Skott Murdir. Sonni bolalik chogʻlaridan musiqaga mehri oʻzgacha edi. 9 yoshni qarshilaganida unga ota-onasi gitara sovgʻa qilishadi. 12 yoshini qarshilamagunga qadar u bu musiqa asbobiga umuman qiziqishi boʻlmagandi. Soʻng ushbu musiqa asbobini qunt bilan oʻrgana boshladi. Sonni kompyuter texnikasi orqali yaratiladigan musiqa turlariga ham qiziqa boshladi. U kompyuteriga yozgan birinchi musiqa yozadigan programma bu „FL Studio“ edi. U qoʻshiq aytishni yoqtirardi. Uni ovozini eshitgan tanishlari uning ovoziga koʻproq rok uslubi tushishini taʼkidlashardi. 2004 — yilda esa asrab olinganini bilgach, uydan bosh olib ketgan.

From First To Last (2004 — 2007) tahrir

Bu paytda Mett Gud oʻzini „From First To Last“ deb nomlangan gruppasiga solist izlayotgan edi. Mett Sonnining yozgan musiqalari hamda ovozini eshitib koʻrgandan soʻng ushbu gruppaga qabul qilinadi. Sonni bu paytda 16 yoshda edi. Shundan sonʼg ushbu gruppa oʻz ijodiy faoliyatini boshladi. 2004 — yilning iyulida, Epitaph Records birinchi umumiy albomini chiqardi „Dear Diary, My Teen Angst Has a Body Count“. Ikkita omadli Vans Warped Tour va Dead by Dawn tour turidan soʻng, ular prodyuser Ross Robinson bilan hamkorlikdagi ikkinchi albom ustida ish olib borishga kirishishdi. Nomi esa „Heroine“ edi. Albom 2006 — yilning martida Epitaph Records da chiqdi. Koʻp sonli sotuvdan soʻng, gruppa juda koʻp turlar uyushtirishdi. Lekin, Sonnining ovozidagi muammolar tufayli turlardan bir nechtasini bekor qilishga toʻgʻri keldi. Omadli jarrohlik operatsiyasidan soʻng Mur yakkaxon ijod qilmoqchi ekanligini bildirib, guruhni tark etmoqchi ekanligini aytdi.

Yakkaxon ijod 2007 — yildan boshlab tahrir

Mur guruhni tark etganini, taʼkidladi hamda ozʼi yakkaxon ijod qilishni boshladi. Soʻng oʻzining MySpace dagi sahifasida uchta demo oʻzining treklarini joyladi (Signal, Equinox va Glow Worm). Bu unga birinchi marta From first to Last siz sahnaga chiqishiqa turtki boʻldi. 2007 — yilning 7 — aprelida, arfachi Kerol Robins bilan birga mahalliy sanʼat binosida, Sonni bir nechta trekini qoʻydi. 2009 — yilning 7 — aprelida esa Mur EP (mini-albom) „Gypsyhook“ ni chiqardi. Ushbu albom tarkibida uchta qoʻshiq hamda toʻrtta remix bor edi.

Ijodining koʻtarilishi tahrir

2008 — yildan boshlab Skrillex taxallusi ostida Los-Anjelesdagi tungi klublarda qatnashishni boshladi. Internetda esa Twipz taxxalusi ostida mashhur edi. Chinakam mashxurlik unga 2010 — yildan soʻng kela boshladi. Sonni 2010 — yil „My Name Is Skrillex“ nomli dubstep hamda electronic yoʻnalishidagi albomini sotuvga chiqardi. Soʻng Sonni Deadmau5 ning mau5trap Records nomli musiqiy studiyasi shartnoma imzoladi. Soʻng ushbu leybl orqali oʻzining „Scary Monsters and Nice Sprites“ nomli albomini sotuvga chiqardi. Ushbu albom rekord darajasida sotildi. Shundan soʻng Mur ushbu albomning remiks variantini tayyorladi „More Monsters and Sprites“. Ushbu albom ichida eng sara ijod namunalaridan biri „First Of The Year“ hamda „Ruffneck“ musiqalari ham oʻrin egallagandi. 2011 — yilda esa Sonni bir nechta nufuzli mukofotlarni qoʻlga kiritgan „Bangarang“ albomini oʻz muhlislariga taqdim etdi. Hozirda esa Sonni gastrollar safarida yuribdi.

OWSLA tahrir

2011 — yilda Sonni oʻzining OWSLA deb nomlangan musiqiy studiyasini ishga tushirdi. Ushbu studiyada birinchi boʻlib ijodini boshlagan sanʼatkor bu Porter Robinson edi. Hozirda ushbu leyblda ijod qiladiganlar talaygina. Madeon, Koan Sound lar shular jumlasidandir.

Shaxsiy hayot tahrir

2012 — yilda Sonni taniqli ingliz xonandasi, koʻplab qoʻshiqlar muallifi Ellie Goulding bilan uchrashayotganini tan oldi. Ammo bu juftlik yarim yildan soʻng ajrashib ketishdi. Bunga sabab esa Murning gastrol safarlarida koʻp yurishi boʻldi. Ellie Sonni bilan koʻrishishi uchun esa u Mur bilan birga qoʻshilib gastrol safarlarida yurishi kerak edi. Hozirda esa u San-Fransizkolik rassom qiz Charmaine Olivia bilan uchrashyapti.

Qiziqarli faktlar tahrir

Sonnining Skrillex taxallusini yaralishiga doʻstlari sababchi boʻlgan edilar. Ular Murni kichik yoshligidanoq „Skrill“, „Skrilli“ deb chaqirishardi.

Murning sevimli ranglari oq hamda qoradir. Har doim qora kiyinib yurishining sababi u oʻziga qora rangni yarashadi deb biladi.

Sonnining sevimli oshxonasi bu — Meksika oshxonasi.

Mur chekishi yoki spirtli ichimlik isteʼmol qilishi mumkindir. Ammo hech qachon narkotik moddalarini isteʼmol qilmaydi.

Uning sevimli kiyimlar brendi „G-Star“.

„Marlboro“ Murning yoqtirgan tamakisi.

Koʻpchilik uning yuzidagi muammolar sababi hamda uning sochlari ham nima sababdan noodatiy qirqilgani bilan qiziqsa kerak.

Sonni oʻzining taʼkidlashi boʻyicha 16 yoshidan soʻng uning yuzlarida dogʻlar paydo boʻla boshlaganini sezgan. Doktor esa ayrim gormonlarning notoʻgʻri ishlashi deb baholagan. U ushbu muammoni tuzatish uchun koʻp puli hamda vaqtini sarflagan. Ammo natija boʻlmagan. Shuning uchun u yoshligidanoq yuzining muammoli yerlarini berkitish uchun sochlarini oʻstirgan. Oʻzini qulayroq sezish uchun esa bir tarafini umuman oldirib tashlagan.

Sonnining soch turmagi shu qadar mashhurki, sochlari toʻgʻrisida bir nechta qoʻshiqchilar hatto qoʻshiq ham yozishgan.

Oʻzining koʻrinishi haqida tahrir

U intervyularining birida „ — Meni qoʻshiqlarimni sevib tinglab muxlislik qilgan, mening tasqaraligimga koʻz yumgan muxlislarimga raxmat“ — degan ekan.

Diskografiyasi tahrir

 
Skrillex Cisco Ottawa Bluesfest 2011 festivalida jonli ijro paytida.

From First to Last tarkibida tahrir

  • Dear Diary, My Teen Angst Has a Bodycount (2004)
  • Heroine (2006)

Yakkaxon tahrir

  • Gypsyhook EP (2009)

Skrillex taxallusi ostida tahrir

 
Skrillex logosi.
Yil EP haqida Chartlardagi eng baland nuqtasi
AQSh
[2]
US
Dance
[2]
US
Heat
[2]
AUS
[3]
2010 My Name Is Skrillex
Scary Monsters and Nice Sprites
  • Chiqarildi: 25-oktabr, 2010
  • Leybl: mau5trap
  • Format: Download, CD
69 3 1 28
2011 More Monsters and Sprites
  • Chiqarildi: 7-iyun, 2011
  • Leybl: Big Beat
  • Format: Download, CD
124 5 3 60
2011 Bangarang
  • Chiqarildi: 23-dekabr, 2011
  • Leybl: Big Beat
  • Format: Download, CD, vinil
14 1 - 4
2011 Make It Bun Dem After Hours (Damian Marley bilan)
  • Chiqarildi: 28-avgust, 2012
  • Leybl: Big Beat, OWSLA
  • Format: Download
- - - -
„—“ chartda qatnashmaganligini bildiradi.

Manbalar tahrir

  1. Is Skrillex the most hated man in dubstep?, The Guardian
  2. 2,0 2,1 2,2 „Skrillex > Charts & Awards > Billboard Albums“. Allmusic. Rovi Corporation. Qaraldi: 2-noyabr 2011-yil.
  3. Peak chart positions for Skrillex in Australia:

Havolalar tahrir