Soʻz – tilning narsa-hodisalar, jarayonlar va xususiyatlarni nomlash uchun xizmat qiladigan eng muhim strukturmaʼnoviy birligi; oʻz tovush qobigʻiga ega boʻlgan, borlikdagi narsalar haqidagi tushunchani, ular oʻrtasidagi aloqani yoki ularga munosabatni ifodalay oladigan, turli grammatik maʼno va vazifalarda qoʻllanadigan eng kichik nutq birligi, leksemaning nutqda muayyan shakl va vazifa bilan voqelangan koʻrinishi. Soʻz ran uchun qurilish materiali boʻlib xizmat qiladi, lekin, undan farqli ravishda, xabar yoki tugal fikr bildirmaydi. Oʻzida leksik va grammatik maʼnoni birlashtirgan hodda soʻz muayyan soʻz turkumiga mansub boʻladi, oʻz tarkibida muayyan til tizimida oldindan tayin boʻlgan barcha grammatik maʼnolarni ifodalaydi.

Tilshunoslikda „soʻz“ atamasi leksemaga nisbatan ham qoʻllanadi va leksik soʻz deb yuritiladi. Masalan, „soʻz yasalishi“, „yasama soʻz“ birikmalarida „soʻz“ xuddi shu maʼnoda qoʻllanadi. Leksemaning nutqda muayyan shaklda voqelangan holati tilshunoslikda soʻz shakl, leksema shakl yokimorfologik soʻz deb ham yuritiladi.

Soʻzning tovush va maʼno tomoni bor. Lekin har qanday tovush yigʻindisi soʻz boʻlavermaydi. Tovush yoki tovush birikmasi soʻz boʻlishi uchun maʼnoga ega boʻlishi, yaʼni muayyan til egalari shu tovushlar vositasida biror narsani anglashi yoki birbiriga anglatishi kerak. Soʻz maʼnosida umumiylik va yakkalikning, barqarorlik va oʻzgaruvchanlikning dialektik oʻzaro munosabati aks etadi. Maʼnoning barqarorligi oʻzaro tushunishni qulaylashtirsa, uning oʻzgaruvchanligi (soʻzning aniq, bir maʼnosidagi oʻzgarishlar) soʻzdan borlikdagi yangi tushuncha va narsalarni nomlashda foydalanishga imkon beradi, badiiy soʻz sanʼatining muhim omillaridan hisoblanadi. Soʻzning koʻp maʼnoliligi ham aynan maʼnoning oʻzgaruvchanligi bilan bogʻliq. Soʻzlovchining nomlanayotgan narsaga munosabati soʻz maʼnosining soʻzlovchi histuygʻusini, shaxsiy fikrini ifodalovchi emotsional jihatini tashkil etadi. Soʻz tilda muayyan tizimni shakllantiradiki, bu tizim soʻzning grammatik belgilariga (soʻz turkumlari), soʻz Yasalishi aloqalariga va semantik munosabatlariga (sinonimlar, omonimlar, antonimlar) asoslanadi.

Bulardan tashqari, lugʻaviy maʼnoga ega boʻlmagan, lekin oʻz tovush qobigʻiga, oʻziga xos maʼno, vazifasiga ega boʻlgan, shu bilan birga soʻz yasash yoki soʻz shaklini hosil qilish uchun foydalaniladigan morfemalardan farqlanuvchi til birliklari ham „soʻz“ deb yuritiladi. Bular yordamchi soʻzlar (bilan, lekin, kabi, xuddi), undovlar (obbo, ehhe, voy), taqlid soʻzlar (miyov, dukurdukur, yaltyult) va modal soʻzlar (shubhasiz, demak, ehtimoldir.