Spirit (maʼnosi: Ruh; rasmiy nomi Mars Exploration Rover - A) NASA loyihasi boʻlib, Mars sayyorasini oʻrganuvchi robotdir. 2003-yil 10-iyunida Yerdan uchirilgan, 2004-yil 4-yanvarida Marsga qoʻngan. 2009-yil 1-mayda Mars tuproqlarida tiqilib qolgan,[1] oxirgi signali 2010-yil 22-martda yuborilgan.

Marsyurarning badiiy tasviri.
Marsda Quyosh botishi, Spirit olgan surat.

Spirit 90 Mars sutkasi (taxminan 92 Yer sutkasi) davomida ishlab, 1 km yurishi rejalashtirilgan edi. Biroq u kutilganidan ancha koʻp va muvaffaqiyatli ishladi (2208 Mars sutkasi, ~2269 Yer sutkasi), 7,73 km yoʻl bosdi.[2]

Spirit tuproqqa tiqilib qolganidan beri undan signallar tobora kam kela boshladi. 2011-yil 24-maygacha NASA xodimlari u bilan aloqani tiklashga harakat qilishdi, bu harakatlar zoe ketdi va ertasi kuni NASA Spirit loyihasi nihoyasiga yetgani haqida xabar qildi.[3][4]

Spirit ishi vaqtida anchagina foydali maʼlumotlar yigʻildi, jumladan, Marsda qachonlardir suyuq suv boʻlgani aniqlandi.[5]

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir