Termoyadroviy reaksiya yoki yadroviy sintez deb ikki yoki undan ortiq atom yadrolarining qoʻshilib, ogʻirroq yadro hosil qilish jarayoniga aytiladi. Bu jarayon davomida materiya butunligicha saqlanmay, massaning bir qismi energiyaga aylanib, ajralib chiqadi. Bu reaksiya faol yulduzlarni quvvatlaydi. Termoyadroviy reaksiya yadroviy reaksiyaning bir turidir.

Deyteriy va tritiy reaksiyasida geliy-4 va erkin neytron hosil boʻlib, 17,59 MeV energiya ajralib chiqadi, qaysiki kinetik E = Δmc2 kinetik energiya va massa orasidagi bogʻlanishga mos (bu yerda Δm — zarrachalarning tinchlik massalari farqi).[1]
Termoyadroviy reaksiya

Massasi temirdan kichik ikki yadro sintezi tashqariga energiya ajratadi, ogʻirroq yadrolar esa energiya yutadi (temir, nikel bilan birgalikda eng katta bogʻ energiyasining nuklonga nisbatiga ega). Yadro boʻlinishida esa aksincha boʻladi. Bundan kelib chiqadiki, sintez yengilroq, boʻlinish esa ogʻirroq unsurlar bilan sodir boʻladi. Qisqa muddatli ogʻir yadroli sintez roʻy beradigan ekstremal astrofizikaviy hodisalar ham mavjud. Bunday hodisalar, masalan, oʻta yangi yulduz paydo boʻlayotganida yuz berib, nukleosintezga sabab boʻladi.

Ernest Rutherford olib borgan transmutatsiyaga oid tajribalarga asoslanib, 1932-yili Mark Oliphant laboratoriya sharoitlarida birinchi boʻlib ogʻir vodorod izotoplari sintezini amalga oshirdi. Koʻp vaqt oʻtmay Hans Bethe yulduzlardagi termoyadroviy reaksiya asosiy siklini ayonlashtirdi. Harbiy maqsadlarda sintez tadqiqotlari 1940-yillar boshida, Manhattan loyihasi qismi oʻlaroq olib borildi, natijada 1951-yilga kelib ilk yadroviy bomba yaratildi.

Energiya olish maqsadida boshqariladigan yadroviy reaksiya ustida tadqiqotlar 1950-yillardan bugungacha davom etib kelmoqda. National Ignition Facility va ITER loyihalari doirasidagi bunday tadqiqotlar yadroviy energiya ishlab chiqarish istiqbolini yaqinlashtirmoqda.

Yana q. tahrir

Manbalar tahrir

  1. J.K. Shultis, R.E. Faw. Fundamentals of nuclear science and engineering. CRC Press, 2002 — 151 bet. ISBN 0-8247-0834-2. 

Havolalar tahrir

Tashkilotlar