Thomas Matthew "Tom" DeLonge, Jr. (talaffuzi: Tomas Metyu Tom Delong; 13-dekabr, 1975) amerikalik rock musiqachidir. Blink-182 pop punk va Angels & Airwaves alternativ rok guruhlari gitarachisi va xonandasidir. Shuningdek Box Car Racer guruhida ham ijro etgan.

Tom DeLonge

Tom DeLonge Jimmy Kimmel Live! teleshousida (2009)
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Thomas Matthew Delonge Jr.
13-dekabr 1975-yil (1975-12-13) (48 yosh)
Fuqaroligi Qoʻshma Shtatlar
Kasbi Qoʻshiqchi, shoir, modelyer, musiqa produseri, film produseri
Turmush oʻrtogʻi Jennifer DeLonge
Guruh Blink-182, Angels & Airwaves, Box Car Racer
Janr Pop punk, alternativ rok, post-hardcore, space rock, neo-prog
Faoliyat yillari 1992—bugun
Veb-sayt modlife.com

Kaliforniyaning Poway shahrida oʻsgan DeLonge punk rock musiqaga yoshligidan qiziqqan. Tom Poway maktabidan ichkilik ichgani uchun haydalib, Rancho Bernardo maktabiga oʻtgan. U yerda u Mark Hoppusning singlisi Anneni uchratadi. Anne Mark va Tomni bir-biriga tanishtiradi. Ularga Scott Raynor qoʻshilib, uchovlon xalqaro shuhratga erishgan Blink-182 guruhini tuzadilar. Scott oʻrnini keyinchalik Travis Barker egallaydi. 2005-yili guruh tarqalib, Tom Angels & Airwaves guruhiga oʻtadi. 2009-yili Blink-182 qayta tuzilishiga qaramay, Angels & Airwaves ijodini davom ettiradi.

DeLonge shuningdek musiqadan tashqari ishlar bilan ham shugʻullanadi; u Modlife nomli ijtimoiy tarmoq sayti hamda ikkita kiyim kompaniyasi yaratgan.

Havolalar tahrir