Valerianat kislotalar - bir asosli toʻyingan organik kislotalar, umumiy formulasi S4N9SOON. Mol. m. 102,13; rangeiz, gʻalati hidli suyuqliklar. Uglevodorod radikalining tuzilishiga qarab toʻrtta izomeri boʻlishi mumkin. Izovalerianat va metiletilsirka kislotalar koʻproq ahamiyatli boʻlib, asosan izoamil spirtlarni oksidlab olinadi. V. k. bilan alifatik spirtlarning efirlari oziq-ovqat sanoatida meva essensiyalari sifatida, V. k. bilan aromatik yoki terpen spirtlarning efirlari esa atir-upa sanoatida ishlatiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil