Vazirlik — muayyan davlatlarda alohida bir sohaga rahbarlik qiladigan ijrochi organ. Vazirlik rahbari, odatda, hukumat tarkibiga kiruvchi davlat arbobi hisoblanadi. Vazirlik lar qonun chiqaruvchi oliy organlar (masalan, AQShda) yoki davlat rahbari (masalan, Fransiyada) tomonidan, qonunlar yoxud hukumat aktlari asosida (masalan, Buyuk Britaniyada) tashkil qilinadi.

Oʻzbekistonda vazirlik tizimi tahrir

Oʻzbekiston Respublikasida Vazirlik davlatning markaziy boshqaruv organi, davlat mahkamasining muhim qismidir.

Asosiy vazifasi — iqtisodiyot muayyan tarmogʻiga, ijtimoiy-madaniy qurilish va maʼmuriy-siyosiy faoliyatga rahbarlik qilishdan, oʻziga topshirilgan tarmoqning har jihatdan rivojlanishini taʼminlashdan iborat. Vazirliklar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbarligida ish olib boradi va tarmoqqa oid barcha masalalarni oʻz huquqi doirasida hal etadi. Vazirlikni hukumat tarkibiga kiradigan vazir boshqaradi. Oʻzbekistan Respublikasi Prezidenta Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni Oliy Majlisning tasdigʻiga kiritadi ("Oʻzbekistan Respublikasining Konstitutsiyasi", 93-modda).

Manbalar tahrir


Yana qarang tahrir

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil