Vikipediya:Yaxshi maqola nomzodlari

Bu sahifada yaxshi maqola nomzodlari koʻrsatiladi. Nomzod maqolaga „yaxshi“ unvonini berish-bermaslikni foydalanuvchilar hal qilishadi. Agar nomzod maqola kamchiliklari boʻlsa, ular shu yerda koʻrsatilishi kerak.

Ovoz berayotganda {{roziman}} yoki {{qarshiman}} andozalaridan foydalanishingiz mumkin.


Yaxshi maqolalar asboblari
Aloqador mavzular

Arxiv

Nomzodlikka qoʻyish

  1. Maqolani nomzodlikka qoʻyishdan avval, bu maqola tayinli mezonlarga javob berishiga ishonch hosil qiling.
  2. Nomzod qilib koʻrsatilayotgan maqola munozara sahifasining eng tepasiga {{subst:YMN}} andozasini joylang.
  3. Joylangan andozadagi „Maqolani yaxshi maqola unvoniga nomzod qilib koʻrsating“ havolasi ustiga bosing.
  4. Sahifa ochilgandan soʻng, kerakli joylarni toʻldirib, sahifani chop eting.
  5. Quyidagi matndan nusxa oling: {{Vikipediya:Yaxshi maqola nomzodlari/nomzod maqola nomi}}. Soʻngra, hozir oʻqib turgan sahifangizdagi Nomzodlar boʻlimining eng tepasiga nusxa olgan matningizni qoʻshing. Nusxa olgan matningizdagi „nomzod maqola nomi“ degan qismini nomzod qilib koʻrsatmoqchi boʻlgan maqola nomi bilan almashtiring va oʻzgarishlarni chop eting.

Nomzodlar tahrir

Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Yangi iqtisodiy geografiya tahrir

Nominator(lar): Egamberdi Iskandarov (munozara) 11:36, 8-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum barchaga! Quyidagi ushbu maqola Geografiya fanining katta tarmogʻi boʻlgan Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning yangi yoʻnalishi „Yangi iqtisodiy geografiya“ haqida. Ushbu maqolani statusli maqola darjasiga olib chiqishda yordamlaringizni soʻrayman. Maqolada kamchiliklar boʻlsa toʻgʻirlayman. Ushbu maqola rus vikipediyasida Yaxshi maqola statusini olgan. Barchaga rahmat! Egamberdi Iskandarov (munozara) 11:36, 8-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Fikrlar tahrir

Maqolani kuzatish davomida quyidagilarga koʻzim tushdi:

  1. Tire „—“ bilan -dir birga kelmaydi.
  2. Maqola ichidagi qizil wikilinklarni koʻkartirish kerak. Ayniqsa, birinchi gapdagi 2 ta qizil wikilinkni. Chunki, bularni bilmagan oʻquvchi maqolani umuman tushunmaydi.
  3. Uzun gaplarni toʻgʻrilash kerak. Ayniqsa, „Dixit-Stiglitz-Krugman modeli – 1977-yilda Avinash Dixit va Jozef Stiglitz tomonidan taklif qilingan model boʻlib, u monopolistik raqobatni monopol hokimiyat mavjudligini va bu hokimiyat hosil qiladigan daromadning ortib borayotganligini tan olishga urinish sifatida tavsiflaydi“ kabi gaplar oʻquvchida tushunmovchilik hosil qiladi. Yaxshisi shu va shunday gaplarni 2 ga boʻling.
  4. Kirish qismini koʻpaytirish kerak. Yaqinda YM statusini olgan maqolalar kirish qismini koʻring. Young Economist7 (munozara) 09:21, 9-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum, fikringiz uchun rahmat! Kamchiliklarni albatta to'g'irlayman. Kamchiligimni aytganingiz uchun sizga rahmat! Egamberdi Iskandarov (munozara) 14:35, 9-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum, maqoladagi siz aytgan kamchiliklarni to'g'irlab chiqdim. Kirish qismini ham boyidim va bir qancha xatolarni to'g'irladim. Kirish qismidagi qizil wikilink hali o'zbek wikipediyasida mavjud bo'lmaganligi uchun ularni o'zbek tilida yaratayabman. Tez kunlarda qizil wikilinklar ham tayyorlayman. Egamberdi Iskandarov (munozara) 15:30, 12-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Rozilar tahrir

Qarshilar tahrir

Betaraflar tahrir

Xulosa tahrir

  Bajarilmadi — 2 hafta davomida hech kim ovoz bermadi. Jamshid Nurqul (munozara) 22:28, 21-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

IndiGo tahrir

Nominator(lar): Janob Mirzaolim (munozara) 07:51, 25-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi Osiyoning eng yaxshi loukoster aviakompaniyalaridan biri. Aviakompaniya haqidagi maqola inglizcha Vikipediyada „yaxshi“ unvonini qoʻlgan kiritgan. Ushbu maqola bilan tanishib, u boʻyicha oʻz fikringizni bildirishingizni soʻrayman Janob Mirzaolim (munozara) 07:51, 25-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Fikrlar tahrir

Illyustratsion tasvirlarni koʻpaytirish kerak. Ushbu maqolaning inglizchasi tasvirlarga boyroq ekan. Yana, aviakompaniyaning logosini uzwikiga insofli foydalanish mezonlari asosida yuklash va bilgiqutiga joylashtirish lozim. Hozirgi koʻrinishida tasvir kam. Jamshid Nurqul (munozara) 10:56, 25-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

1. Bilgiqutiga logo joylashtirildi.
2. Maqolaning inglizcha variantidagi rasmlar o'zbekchadagisida ham aks ettirildi. Janob Mirzaolim (munozara) 06:36, 26-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Maqola bilgiqutisdagi qizilwikilinklarni ko‘kartirish kerak. Maqolani o‘qiyotgan kishida tushunmovchilik hosil qilishi mumkin. -Egamberdi Iskandarov (munozara) 10:15, 17-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Rozilar tahrir

Qarshilar tahrir

Betaraflar tahrir

Xulosa tahrir

  Bajarilmadi — nominatsiyaga qoʻyilgan maqola bir oyga yaqin vaqt davomida birorta ham ovoz ololmadi. Jamshid Nurqul (munozara) 20:29, 20-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Balduin IV tahrir

Nominator(lar): Akhrorbeak (munozara) 11:02, 16-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Assalomu aleykum. Bu maqola Quddus Qirolligi uchun jonidan kechgan qirol haqidadir.O'z fikrlaringizni bildirib qolishingizni so'rayman. Akhrorbeak (munozara) 11:02, 16-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Fikrlar tahrir

Bilgiqutidagi rasm qayerdan olingan? Nimaga qarab (qaysi manba asosida) chizilgan? Yasama ong (sunʼiy intellekt) mahsulimi yoki oʻzingiz chizganmisiz? Tasvir muallifi sifatida oʻzingizni koʻrsatgan ekansiz. Jamshid Nurqul (munozara) 11:07, 16-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Buni men o'zim sun'iy intellektdan olib oz-moz joylarini to'g'rilab, tiniqlashtirib bilqutiga qo'yganman Akhrorbeak (munozara) 12:24, 16-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
Yasama ong yordami bilan yaratilgan rasm mustaqil tadqiqot boʻlib chiqishi mumkin (VP:MTT), maqolaning inglizcha versiyasidagi bilgiqutida foydalanilgan rasmni qoʻyganingiz maʼqulroq. Jamshid Nurqul (munozara) 14:45, 16-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
Ammo bu rasm internet brauzerlarda ham bor. Faqat xira. Men shunga o'zgartirishlar kiritgan holda yangiroq ya'ni tiniqroq rasm tayyorladim.Inglizcha versiyasida rasmlar uncha yaxshi emas. Akhrorbeak (munozara) 15:24, 16-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
Mana bu yerda izlab koʻrsam siz yuklagan rasmning xuddi oʻzi kelib chiqyapti, albatta tiniqligi farq qilishi mumkin. Vikipediyada sifatli maqolalarni yaratish yoʻlida harakat qilayotganingiz uchun tashakkur ammo rasm sizning mualliflik ishingiz emas ekan. Shu sababli yuqorida bildirgan fikrim aktualligicha qoladi, avvaldan mavjud rasmdan foydalanganingiz yaxshiroq. Jamshid Nurqul (munozara) 16:48, 16-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
Bilgiqutida foydalangan tasviringiz plagiat sifatida Wikimedia Commonsda oʻchirishga nomzod qilindi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 09:43, 13-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Rozilar tahrir

#   Roziman. Bu maqola teranligi jihatdan menga yoqdi.Raketa.uz (munozara) 14:58, 10-Yanvar 2024 (UTC) — 2 ta tahrir qilgan foydalanuvchi birdan statusga nomzodlikka qoʻyilgan maqola uchun ovoz berishi gʻalati. Bu ovozlardan qoʻgʻirchoqbozlikning hidi kelyapti. Jamshid Nurqul (munozara) 20:44, 10-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]
#   Roziman. Maqola mazmunli va ajoyib.La.roi7 (munozara) 15:04, 10-Yanvar 2024 (UTC) — bu ovozda ham ayni yuqoridagidek holat kuzatilgan. Jamshid Nurqul (munozara) 20:44, 10-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Qarshilar tahrir

  1.   Qarshiman, maqolada mashina tarjimasi qismlari saqlanib qolgan, aksar jumlalar tushunarsiz. statusga loyiq emas. Alpasli (munozara) 20:34, 13-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Betaraflar tahrir

Xulosa tahrir

  Bajarilmadi — maqola bir oyga yaqin muddat ichida yetarli ovoz toʻplay olmadi, rozi boʻlib berilgan ikkita ovoz yangi ochilgan profillarning ovozi boʻlgani uchun VP:QOʻGʻda shubha qilinib qabul etilmadi. Bitta asosli qarshi ovoz oldi. Maqola bilgiqutisida foydalanilgan surat ham plagiatorlik mahsuli sifatida Vikiombordan oʻchirishga nomzod qilindi. Nima boʻlganda ham, uzwikida sifatli maqola yaratish yoʻlida xizmat qilayotgan nominatorga tashakkurlar. Maqolani statusga loyiq holga keltirib, qayta nomzodlikka qoʻyish mumkin. Jamshid Nurqul (munozara) 20:42, 13-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Hamza Hakimzoda Niyoziy tahrir

Nominator(lar): Muzaffar Murodovichmusohaba 08:51, 11-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum. Ushbu maqola 2006-yilda Uzgen tomonidan yaratilgan. Maqolani qoʻldan kelgancha shu holatgacha olib keldim. Mavzuning koʻlami qisqaroqligi uchun tanlangan maqola nomzodligidan yaxshi maqola nomzodligiga oʻtkazdim. Fikr bildirishda ishtirok etishingizni soʻrab qolaman. Muzaffar Murodovichmusohaba 08:51, 11-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Fikrlar tahrir

Maqola ustida qilgan mehnatlaringizni qadrlayman, lekin maqolaning „Oʻlimi“ boʻlimi biroz chaladek. Hamzaning oʻlimi albatta alohida maqolaga loyiq hodisa lekin maqolada ham Hamzaning oʻlimi haqida tuzukroq maʼlumot berilsa yaxshi boʻladi. Hozirgi holatda xalq Hamzani shunchaki, zerikishdan oʻldirgandek taassurot uygʻonyapti. Jamshid Nurqul (munozara) 13:00, 1-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

„Oʻlimi“ boʻlimini yana ham toʻldirishga harakat qilaman. Muzaffar Murodovichmusohaba 04:19, 12-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

__________

Maqola mazmunan ancha boʻsh, toʻldirishlarga muhtoj. Hamzaning hayoti, xususan necha marta uylangani, oʻldirilishiga olib kelgan sabablar umuman yozilmagan, „Hayoti“ boʻlimida uning tarjimayi holi qolib, asosan maktabdorlik faoliyati yoritilgan. Bunday katta va koʻp oʻrganilgan shaxsiyat haqida chala maʼlumotlar yozilgan maqolaga status berish xato. Yuqorida (bir haftacha oldin) Hamzaning oʻldirilishi haqida batafsilroq yozilishi kerakligini taʼkidlagandim, nominator statusga boʻlgan qiziqishini yoʻqotganmi, hech bir fikr bildirmadi, maqolani toʻldirishga urinayotgani yoki toʻldirish shart emasligi haqida hech narsa yozmadi. Maqolada uslubiy xatolar ham bor (til masalasi!), ular haqida yozmayapman hali. Qanday statusga nomzod boʻlsa ham, maqola hali ancha toʻldirilishi kerak! Jamshid Nurqul (munozara) 21:08, 6-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Jamshid Nurkulov, avvalo befarq boʻlmaganingiz va fikr berganingiz uchun rahmat.
Maqolaga kitoblar, veb-saytlar orqali maʼlumotlar qoʻshdim. Ancha izlandim. Lekin boshqa manbalar topa olmadim. „Hayoti“ boʻlimiga doir qoʻshsa boʻladigan maʼlumotlar asossan maktabdorlik faoliyatiga doir edi. Shuni qoʻshganman.
Statusga qiziqishimni yoʻqotganim yoʻq. Oxirgi haftalarda vaqtim biroz kamligi uchun nomzodlik sahifaga qarash yodimdan koʻtarala yozibdi. Muzaffar Murodovichmusohaba 04:20, 12-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Rozilar tahrir

  1.   Roziman. Maqolada shaxs bosh sahifaga olib chiqilishini qoʻllab-quvvatlayman! Salazarov 20:01, 16-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  2.   Roziman maqola TMga nomzodligida tubdan koʻrib chiqilgandi, xatolarni deyarli koʻrmadim. Oʻzbek adabiyotida muhim va oʻz oʻrniga ega shaxs haqida ajoyib maqola uchun – Mirishkorlik (munozara) 12:20, 17-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  3.   Roziman. YM talablariga mos maqola. – Kagansky munozara 09:15, 26-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  4.   Roziman. maqola ustida yaxshi mehnat qilingani matn oʻqilishidagi „yengillikdan“ ham maʼlum. Alpasli (munozara) 19:38, 30-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  5. Ajoyib maqola uchun   Roziman. Ibrohimjon 05:07, 31-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  6.   Roziman YM statusiga mos maqola – Axadjon1 (munozara) 10:43, 2-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]
  7.   RozimanAhror Akramovich (munozara) 19:23, 8-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Qarshilar tahrir

  1.   Qarshiman! — Hozirgi holatida maqola hech bir statusga tortmaydi. Maqola mavzusi oʻta yirik shaxsiyat haqida boʻlsa, u haqdagi koʻplab ilmiy adabiyotlar, ilmiy ishlar, gazeta va jurnallar, elektron resurslarda eʼlon qilingan materiallarni erinmasdan oʻrganish, ishonchli manbalardagi maʼlumotlarni viki talablariga mos holda maqolaga kiritish kerak. Hozirgi holida esa maqola ancha sayoz, uni statusga olib chiqish uchun yana harakat qilish kerak. Ushbu maqolani kamida ruvikidagi „Lev Trotskiy“ maqolasi darajasida salmoqli qilish mumkin. Yuqorida, „Fikrlar“ boʻlimida Hamzaning hayoti, xususan necha marta uylangani, oʻldirilishiga olib kelgan sabablar umuman yozilmagani, „Hayoti“ boʻlimida uning tarjimayi holi qolib, asosan maktabdorlik faoliyati yoritilgani, qanday statusga nomzod boʻlsa ham, maqola hali ancha toʻldirilishi keraklini aytib oʻtgandim. Bir qancha vaqt oʻtgan boʻlsa ham nominator fikrlarimga na eʼtiroz bildirdi, na maqolani toʻldirishga harakat qildi. Bundan, nominator maqolaning status olishiga qiziqishini yoʻqotganini tushunish mumkin. VP:YMN? qoidasining 5-bandida „Maqola toʻliq boʻlishi va tugallanmagan boʻlimlarni oʻz ichiga olmasligi kerak“, deb yozilgan, maqolada esa bidan ortiq boʻlimlar toʻliqsiz holda. Nima boʻlganda ham uzwikiga salmoqli hissa qoʻshib kelayotgan nominatorga tashakkurlar aytaman, yoqimli tahrirlar tilayman. Boshqalarga esa nominant maqolalar uchun ovoz berishdan oldin ularni eʼtibor bilan oʻqib chiqishni tavsiya etaman. Jamshid Nurqul (munozara) 01:53, 12-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Betaraflar tahrir

Xulosa tahrir

  Bajarilmadi Maqolada baʼzi qismlar batafsil yoritilmagan. Shu sababli VP:YMN? qoidasining 5-bandiga hamda Foydalanuvchi:Jamshid Nurqul tomonidan keltirilgan asosli eʼtirozlarga asoslangan holda ushbu nomzodga status berilmadi. Nominator yoki boshqa foydalanuvchi koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, statusga qaytadan nomzod sifatida koʻrsatishi mumkin. Laziz Baxtiyorov (munozara) 11:23, 12-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.