Yevgeniy Savoyskiy (olm. Prinz Eugen von Savoyen) (1663.18.10, Parij — 1736.21.4, Vena) — shahzoda, Avstriya sarkardasi. 17-asrning 90-yillarida Italiyada fransuz qoʻshinlarini bir necha marta enggan; turklarni 2 marta (1697, 1716) magʻlubiyatga uchratgan; Ispaniya taxti vorisligi uchun boʻlgan janglarda (shu jumladan, Malplake yonida) fransuz va fransuz-bavar qoʻshinlari ustidan gʻalaba qozongan; lekin Denen yonida magʻlubiyatga uchragan. 1703-yildan imperator qoshidagi harbiy, keyinchalik maxfiy kengash raisi. Unga gʻalabalari uchun generalissimus (1697) harbiy unvoni berilgan[1].

Qahromonlar maydonida Yevgeniy haykali. Vena shahri

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil