Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati

Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati — 2001 yildan 2014 yilgacha davlatlararo (xalqaro) iqtisodiy tashkilot. 2000-yil 10-oktyabrda Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston prezidentlari Ostona shahrida imzolagan shartnoma asosida taʼsis etilgan (mazkur davlatlar tomonidan 1995-yilda tashkil etilgan Bojxona Ittifoqining huquqiy vorisi). 2002 yil may oyidan Ukraina, Moldova, 2003 yildan Armaniston kuzatuvchi maqomiga ega. 2005 yil 6—7 oktabrda Sankt-Peterburg (Rossiya)da Markashi Osiyo hamkorligi tashkiloti (MOHT)ga aʼzo davlatlar boshliqlari kengashi majlisida Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov taklifi bilan davlatlararo iqtisodiy integratsiyani yanada rivojlantirish maqsadlarida MOHT Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati bilan qoʻshilgani haqida qaror qabul qilindi. Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga aʼzo mamlakatlar Davlatlararo kengashining Sankt-Peterburg sammitida Oʻzbekiston mazkur tashkilotga rasman aʼzo boʻldi (2006 yil 25 yanvar). O‘zbekiston tashkilotdan 2008 yilda chiqqan.

Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatining turli vaqtlardagi barcha aʼzolari

Hamjamiyatning asosiy maqsadlari: davlatlararo integratsiyaning eng yuqori darajasini taʼminlagan holda oʻzaro savdo-sotiqda bosqichma-bosqich tarif va notarif toʻsiqlarni bekor qilish yoʻli bilan erkin savdo zonalarini; transport xizmatlari umumiy bozorini va yagona transport sistemasini; umumiy energetika bozorini; yagona bojxona ittifoqini; ishlab chiqarish omillarining erkin harakati taʼminlanadigan erkin bozorni va uygʻunlashgan iqtisodiy siyosat amal qiladigan iqtisodiy va valyuta ittifoqini bargyu etish pa b. Hamjamiyat doirasida imzolangan bitim va shartnomalar savdo-iqtisodiy, moliya, bojxona, tariflar va ijtimoiy sohalardagi hamkorlik masalalarini tartibga sodadi. Hamjamiyatning oliy organi — aʼzo mamlakatlar davlat boshliqlari va hukumat boshlikdari kiradigan davlatlararo kengash hisoblanadi (bir yilda kamila 3 marta — bir marta prezidentlar darajasida, 2 marta bosh vazirlar darajasila majlislar oʻtkazadi). Hamjamiyatning ijroiya organi — Integratsiya qoʻmitasi (uning tarkibiga hukumat boshliqlarining iqtisodiyot masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari kiradi). Integratsiya qoʻmitasi majlislari oraligʻidagi davrda Hamjamiyatning joriy ishlarini Hamjamiyat huzuridagi doimiy vakillar komissiyasi (vakillarni davlat boshliqlari tayinlaydi) boshqaradi. Integratsiya qoʻmitasi qoshida doimiy ishlaydigan va 9 departamentdan iborat Sekretariat bor. Uni Davlatlararo kengash qarori bilan 3 yil muddatga tayinlanadigan Bosh kotib boshqaradi. Bundan tashqari Hamjamiyat huzurida birlamchi organlar tarzida 13 tarmoq kengashlari va 4 komissiya faoliyat koʻrsatadi. Aʼzo mamlakatlarning parlamentlari vakillaridan iborat Hamjamiyatning Parlamentlararo assambleyasi doirasida davlatlarning qonun chiqaruvchi hokimiyatlari oʻrtasidagi hamkorlik amalga oshiriladi (gomonlarning milliy qonunchiligini oʻzaro uygʻunlashtirish va uni hamjamiyat doirasida tuzilgan shartnomalarga muvofiqlashtirish masalalarini koʻrib chiqadi). Hamjamiyat sudi (har bir davlatdan 2 tadan vakil) hamjamiyat doirasida amal qiladigan shartnomalar va organlar qarorlarini aʼzo davlatlar tomonidan bir xilda qoʻllashni taʼminlaydi. Integratsiya qoʻmitasi sekretariati Moskva va Olmaota sh.larida, Parlamentlararo assambleya Sankt-Peterburg sh.da, hamjamiyat sudi Minskda joilashgan. Hamjamiyat 2003-yillan BMT Bosh ayesambleyasida kuzatuvchi maqomiga ega. Yevropa Ittifoqi, Jahon savdo tashkiloti, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan.

Yana qarang tahrir