Zefir — 1) Ensiz boʻylama yoʻllari boʻlgan, yupqa va nafis ip gazlama. Boʻylama yoʻllarni yoʻgʻon tanda iplari yoki rangli iplar hosil qiladi. Zefirdan, asosan, erkaklar koʻylaklari tikiladi[1];

Zefirning eng keng tarqalgan ko'rinishi
Zefir (shirinlik)

2) Meva sharbatiga shakar qoʻshib pishirilgan quyuq shirinlik; meva qiyomi[1]. Turli hoʻl mevalarga qiyom, pektin moddalar, ovqatga ishlatiladigan kislotalar, xushboʻy va rang beruvchi moddalar qoʻshib tayyorlanadi.[2]

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023 — 964 bet. ISBN 978-9943-8834-4-4. 
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil