"GULDURSUN" — oʻzbek xalq rivoyati. Guldursun qalʼasi harobalari tarixi bilan bogʻliqholda yuzaga kelgan. 1937 yilda S. P. Tolstov tomonidan yozib olingan. Rivoyatda 13-asrda Xorazm xalqining moʻgʻul bosqinchilariga qarshi kurashi aks etgan. Rivoyatga koʻra, Guliston sh.ni moʻgʻullar uzoq vaqt qurshovda ololmay tutib turadi. Shaharda oziqovqat tugay deb qolganda, oqsoqollar maslahati bilan dushmanni chalgʻitish rejasi tuziladi. Himoyachilar soʻnggi dondunni bir necha sigirga yedirib, ularni shahar tashqarisiga haydab yubori-shadi. Sigirlarni soʻyib yegan dushman ularning ichidan chiqqan bugʻdoyni koʻrib, hali shaharda oziq-ovqat koʻp ekan, degan xulosaga keladi va qaytib ketish harakatiga tushadi. Biroq, dushman lashkarboshisini qalʼa devori tepasidan bir necha bor koʻrib, unga oshiq boʻlib qolgan shoh qizi Guldursun qalʼadan tashqariga maktub chiqarib, dushman lashkarboshisini bu sirdan voqif qiladi. Moʻgʻullar shaharga qayta hujum qilib, uni vayron qiladilar. Lashkarboshi esa oʻziga peshvoz chiqqan Guldursunni, "oʻz elingga vafo qilmading, menga vafo qilarmiding", deya qatl ettiradi. "G."da xorazmliklarning yovga qarshi kurashdagi jasorati, yurt uchun mardonavor janglari, mehnatkash va tadbirkorligi ulugʻlangan, el-yurt xoiniga boʻlgan kuchli nafrat oʻz ifodasini topgan.

Ad.:Imomov K.. Oʻzbek xalq prozasi, T., 1981.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil