Gurlanteks aksiyadorlik jamiyati

Gurlanteks aksiyadorlik jamiyati — yengil sanoat korxonasi. "Oʻzbekengilsanoat" davlat uyushmasi tarkibiga kiradi. 1997 yilda Xorazm viloyati Gurlan sh.da ishga tushirilgan. Asosan paxta matosi, erkaklar, ayollar, bolalar trikotaj kiyimlari, sport kiyimlari ishlab chiqaradi. Yillik loyiha quvvati 2500 t mato, shuningdek, 5,5 mln. dona trikotaj kiyimlari. Korxonaning loyihalash va qurilish ishlari Turkiyaning "Yazeks" korporatsiyasi ishtirokida amalga oshirilgan boʻlib, Turkiya, Shveysariya, Italiya yirik firmalarining zamonaviy texnologiyasi va jihozlari bilan taʼminlangan. Korxona oʻz mahsulotlarini eksportga chiqaradi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil