„Dunyo“ axborot agentligi — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tarkibidagi axborot agentligi.

Tarixi tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5400-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasidagi „Jahon“ axborot agentligi negizida tashkil topgan va mazkur agentlik tarkibiy boʻlinmasida Media-markaz tashkil etilgan.

Asosiy vazifalari tahrir

  • Oʻzbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yoʻnalishlari, uning xalqaro tashabbuslari, eksport, investitsiya va turistik salohiyati, turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, davlat dasturlarining hayotga tatbiq etilishi haqida xalqaro hamjamiyatni, shu jumladan xorijiy siyosatchi-ekspertlarni xabardor qilish boʻyicha tizimli ishlarda ishtirok etish;
  • zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda sifatli axborot, tahliliy va keng qamrovli bosma materiallar, videoroliklar, telekoʻrsatuvlar, shuningdek, Oʻzbekistonda va xorijiy davlatlarda roʻy berayotgan voqealar joyidan reportajlar tayyorlash hamda ularni tarqatish orqali Oʻzbekiston Respublikasining ishonchli va masʼuliyatli sherik sifatida xalqaro nufuzini mustahkamlashga koʻmaklashish;
  • mamlakatda amalga oshirilayotgan jadal oʻzgarishlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqaro hamjamiyatga oʻz vaqtida etkazish, shuningdek, xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan rasmiy axborot almashish mexanizmini yoʻlga qoʻyish maqsadida mahalliy va xorijiy axborot markazlari, media tuzilmalari hamda boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
  • Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyalarining xorijga va xorijiy delegatsiyalarning respublikamizga tashriflarini, ularningn yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni, shuningdek, kundalik va dolzarb xalqaro masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy pozitsiyasini keng va tezkor yoritish;
  • respublikaning xorijdagi muassasalari tomonidan chet ellik sheriklar bilan hamkorlikni rivojlantirish, erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, xorijdan investitsiyalar va sayyohlarni jalb qilish, Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy hamda yuridik shaxslarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, xorijiy davlatlardagi vatandoshlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida xorijiy va mahalliy jamoatchilikni oʻz vaqtida xabardor qilish.

Faoliyati tahrir

Agentlik xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalar huzurida oʻzining muxbirlik punktlariga ega boʻlgan yagona ommaviy axborot vositasi hisoblanadi. „Dunyo“ muxbirlari ayni paytda Buyuk Britaniya, Belgiya, Misr, Hindiston, Isroil, Rossiya, AQSh, Fransiya, Turkiya hamda Yaponiyada faoliyat koʻrsatmoqda. Agentlik eng yirik mahalliy va xalqaro axborot agentliklari, shuningdek, respublikamizning etakchi gazetalari, Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan. Ko’rsatib o’tilgan vazifalarni ado etish maqsadida „Dunyo“ axborot agentligi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq:

  • Axborotlarni yigʻadi, qayta ishlaydi va tahlil qiladi, barcha turdagi axborot mahsulotlarini mamlakat ichida va xorijda tayyorlaydi hamda tarqatadi;
  • Mahalliy va xorijiy OAV hamda axborot agentliklari bilan axborot ayirboshlash haqida yoki tijorat asosida axborot berish (olish) toʻgʻrisidagi bitimlarni imzolaydi;
  • Shartnoma asosida xorijiy va mahalliy matbaa nashrilariga, radio, televidenie, axborot agentliklari va boshqa OAV, hukumat va nohukumat muassasalari, jamoat tashkilotlariga axborot taqdim etadi;

Rahbariyat tahrir

 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi direktori Sadriddin Suyarov hisoblanib, ungacha O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktor o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritgan.

Media-markaz tahrir

„Dunyo“ axborot agentligining Media-markazi bazasida mahalliy ommaviy axborot vositalari hamda Oʻzbekistonda doimiy va vaqtincha akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy muxbirlar (jurnalistlar) uchun respublika haqida xolis maʼlumotlarni toʻplash va tarqatish imkonini beradigan ish maydonchasini taqdim etish sohasida:

  • mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan xorijiy muxbirlar (jurnalistlar) uchun Oʻzbekiston Respublikasining tashqi va ichki siyosatining dolzarb masalalariga bagʻishlangan brifinglar, davra suhbatlari, matbuot anjumanlari, taqdimotlar tashkil qiladi;
  • Oʻzbekiston Respublikasining turli sohalarda bugungi taraqqiyoti va salohiyatini namoyish etadigan foto va media mahsulotlar ishlab chiqarish, axborot byulletenlari, maʼlumotnomalar, kataloglar, risolalar, gazetalar, jurnallar, boshqa bosma hamda kompyuter mahsulotlarini chop etish va xorijda tarqatish sohasida:
  • noshirlik faoliyatini amalga oshiradi, axborot byulletenlari, maʼlumotnomalar, kataloglar, risolalar, gazetalar, jurnallar, boshqa bosma mahsulotlarni chop etadi hamda respublikada va xorijda tarqatadi;
  • Oʻzbekiston Respublikasining davlatlararo va hukumatlararo bitimlarining rasmiy yillik toʻplamlarini chop etadi;
  • axborot tarqatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tasvir, ovoz va maʼlumotlarni uzatish chastotalari hamda boshqa kanallardan foydalanadi;
  • keng koʻlamli xalqaro hamkorlik uchun respublikaning imkoniyatlarini namoyish etadigan kompyuter, foto va audiovizual mahsulotlar tayyorlaydi.
  • mamlakatda va xorijda matbuot anjumanlari, brifinglar hamda axborot uchrashuvlarini tashkil etish;
  • xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolaxonalari, konsullik muassasalari, savdo vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillarining intervyusini tashkil etish va oʻtkazish, keyinchalik tegishli materiallarni milliy hamda xorijiy ommaviy axborot vositalarida tarqatish;
  • Oʻzbekiston Respublikasining tarixi va madaniyati, eksport, investitsiya va turistik salohiyati, mamlakatning tashqi siyosat yoʻnalishi, TIV va respublikaning xorijdagi muassasalari faoliyati haqida videoroliklar va tahliliy koʻrsatuvlar tayyorlash hamda tarqatish, shu jumladan xorijiy siyosatchi-ekspertlar va jurnalistlarga;
  • respublikaning xorijdagi muassasalari bilan, jumladan, vazirlik va idoralar, viloyat hokimliklari rahbarlari ishtirokida telekoʻprik va videokonferensiyalar tashkil etish.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir