Jome ul-ulum
("Jome ul-ulum"dan yoʻnaltirildi)
"JOME ul-ULUM" ("Ilmlar majmuasi") — Faxruddin ar-Roziy (1149— 1210) tomonidan xorazmshox, Elarslon (1172—93) ga atab yozilgan asar. 60 ilm (bob) dan iborat, unda shariat qonunqoidalari bilan birga dunyoviy ilmlar xaqida maʼlumot berilgan. Uning tarix, grammatika, aruz, qofiya, sheʼr tuzilishi, mantiq, tabobat, ovchilik, mineralogiya, dehqonchilik, matematika, topografiya, harbiy fan, astronomiya, axloq, siyosat, shatranjga oid ilm (bob)lari muhim ahamiyatga ega. Asar 1913 y. Toshkentda toshbosmada chop etilgan. Nusxasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi (inv. № 2923)[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |