"MARINER" (ing . Mariner — dengizchi) — Venera, Mars, Merkuriy sayyorasini va kosmik fazoni tadqiq qilish uchun 1962—75 yillarda uchirilgan amerika sayyoralararo avtomatik stansiyalari seriyasi nomi; ularni ishlab chiqish va uchirish dasturi. "M."lar xizmat asboblari bilan jihozlangan germetik boʻlma, Quyosh batareyalari paneli va aniq yoʻnaltirilgan parabolik antennadan iborat. 1962-yilda uchirilgan "M.-1" va "M.-2" hamda 1967-yilda uchirilgan "M.-5" Venerani tadqiq etgan, "M.-Z" va "M.-4" (1962), "M.-8" va "M.-9" (1974) esa Marsni tadqiq etgan. "M.-10" (1973) Venera va Merkuriyni tadqiq qildi. Veneradan 5770 km masofadan oʻtayotib Yerga uning 3700 dan ortiq sifatli rasmlarini uzatgan. Soʻngra geliotsentrik orbitaga oʻtib, Merkuriy bilan 3-marta yaqinlashdi va uning 50 m gacha joyini ajratib koʻra oladigan 3000 ga yaqin rasmini oldi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil