Gey (inglizcha: gay) — dastlab „begʻam“, „xushchaqchaq“, „yorqin, yasama“ maʼnolarini anglatgan inglizcha sifat soʻz. Ammo hozirgi ingliz tilida (1960–1970-yillardan boshlab) bu soʻz odatda bir jinsli jinsiy moyillik — gomoseksuallikni anglatuvchi ot yoki sifat sifatida ishlatiladi.

Gey-juftlik
Argentina Gay jamoa
Bu maqola — soʻz haqida. Gomoseksual moyillik haqida Gomoseksuallik maqolasiga qarang.

Ingliz tilida „gey“ soʻzi kvir yoki gomoseksual bilan eslanuvchi, ham erkaklar bilan, ham ayollar bilan, submadaniyat yoki hayot tarzi bilan bogʻliq qirralarni izohlash uchun ishlatilishi mumkin. Oʻzbek tilida „gey“ atamasi asosan erkak-gomoseksuallarga nisbatan ishlatiladi. Lesbiyan atamasi, boshqa tomondan, ham ingliz, ham oʻzbek tilida bir xil gomoseksual ayollarni anglatgan holda genderga xos ravishda ishlatiladi.

Havolalar tahrir