Қ (kirill)
Қ — oʻzbek kirill alifbosining oʻttiz uchinchi harfi. Chuqur til orqa, shovqinli, portlovchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. Qoʻllanishiga koʻra oʻrtacha faol. Soʻzning boshi (qarmoq, qor, qoʻl), oʻrtasi (maqsad, oqil, toʻqson) va oxirida (aniq, iliq, ogʻriq) kela oladi; soʻz oʻrtasida juft holda ham qoʻllanadi: raqqosa, soqqa, taqqos. Baʼzi undosh va unli tovushlar bilan yonmayon kelganda, ular taʼsirida x yoki gʻ kabi talaffuz etilsada (maxsad, taxsimot, toʻxson, chixdi; oʻrtog, oʻrogʻ), bu holatlar imloda aks etmaydi. Turkiy xalqlar, jumladan oʻzbek xalqi uchun umumiy boʻlgan deyarli barcha yozuvlarda oʻziga xos belgishakllarga ega.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |